TGViewer
Islombek.dev Islombek.dev @islombekdev · 434 subscribers
Post #23 17.9K
​​Ey junior, o'kinma. Sen ham odamsan!

Deyarli barcha dasturchilar uchun eng qiyin damlardan biri - bu albatta juniorlik davridir.

Tajriba yo'q, bilim yetarli emas. Kattaroq proyektga birinchi martta qo'shilganda siqilishlar, savol so'rashga uyalish...

Bu holat barchani boshidan o'tgan. Hatto hozir jamoangizdagi yorvoreyshn qilib tashlayotgan super seniorlar ham bir paytlar "sizni etigingizda" bo'lishgan :(

Hullas, imkon boricha siqilmaslikka harakat qiling! Chunki qanchalik siqilsangiz ham, yugurib borib boshingizni devorga ursangiz ham bu muammoingizga yechim emas.

Sizga o'z holatimdan kelib chiqib bir nechta maslahatlar beraman:

1) Savol bering. O'zingiz yaxshilab izlanib, topa olmaganingizdan keyin biror sherigingizga aniq muammoingizni va u qanday ishlash kerakligini tushuntiring.

2) Biroz dam oling. Agar muammoni uzoq vaqtdan beri hal qilolmay o'tirgan bo'lsangiz shunchaki to'xtang-da tashqariga chiqib biroz miyangizga dam bering.

3) Har kunlik qilishingiz kerak bo'lgan ishingizni prioriteti bo'yicha yozib oling va qilgan ishlaringizni belgilab keting. Agarda sizga berilgan tasklardan tashqari boshqa ish ham qilgan bo'lsangiz uni ham yozib qo'ying, hafta ohirida ko'rsatasiz.

4) O'zingizni boshqalar bilan solishtirmang. O'zingizni faqat kechagi kungi o'zingiz bilan solishtiring!

Bu mavzuda sizga beradigan maslahatlarim shulardan iborat. Keyingi safar chiroyli savol berish usullari haqida post chiqaraman.

@islom_aliy
  • 👍 5
More from @islombekdev
  1. Jun 27, 2025Hack for Gaza Deen developers tomonidan tashkillashtirilgan hackathonda qatnashib, G'azo u…
  2. May 11, 2025Yana bir hamyurtimiz dunyodagi eng katta kompaniyalardan biri bo’lgan Oracle’dan offer oli…
  3. Apr 25, 2025Dasturchi sifatida produktivligingizni oshirish uchun 2 ta monitor, macbook sotib oldingiz…
  4. Apr 9, 2025E'tibor berayotgan bo'lsangiz full-stack dasturchilarga talab anchagina ortib qolgan. Maos…
  5. Mar 1, 2025Ramazon muborak! Bu oyda ba'zi do'stlarimiz chanqoq yoki bosh og'rig'i kabi muammolarni bo…
  6. Jan 31, 2025​​Nima kasbni o'rganishni bilmayotgan yoki sohangizda yanada yaxshiroq natijaga erishmoqch…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →