Kompyuterim yo'q, qanday qilib dasturlashni o'rgansam bo'ladi?
Yaxshi dasturchi bo'lish uchun faqatgina kod yozishni o'rganish shart emas. Dasturchi bo'lishga juda ham qattiq yordam beruvchi bir nechta ilmlar borki ularni o'rganish uchun sizda aynan kompyuter bo'lishi shart emas. Bular:
- Ingliz tili (juda ham shart!!!);
- Matematika (matematik qoidalarni yodlab qo'yish emas matematikdek fikrlash);
- Umumiy CS asoslar (masalan Harvardni CS50 kursi yoki kamroq ammo yaxshi tuzilgan Akmal Kadirovni "Umumiy dasturlash asoslari" darsligi).
Lekin ba'zi kodlarni yozib, sinab ko'rishim kerak-ku... Albatta bunga ham yechim bor! Hozirgi kunda kodlaringizni sinab ko'rgani mobil dasturlar, onlayn platformalar juda ham ko'p.
O'zim ham dasturlashni telefonda html, css shablonlar tuzishdan boshlaganman va telefonda saytlar, botlar, CMS'lar qilgan odamlarni taniyman. Birodarim taslim bo'lmang, shunchaki boshlang va oz-ozdan davomli bajaring :)
@islom_aliy
Post #22
7.39K

- ❤🔥 3
- 👍 2
- ⚡ 1
- 👌 1