Soqqani qilish kerak
Ota onang qariyapti, ularga yoshligingda bergan vadalaringni eslab - labinga alamli kulgu kelib, tomog'inga esa bir narsa tiqiladi. Vadangni ustidan chiqishing uchun soqqani qilish kerak.
Yoshing yetib qoldi, bunday qiyin zamonda zinoga aralashib qolmay deb turmush qurishni o'ylaysan. Lekin uy qilish, mashina olish uchun soqqani qilish kerak.
Bilasan aslida baxtli yashashing uchun shuncha narsalarga pul sarflashing, falon pulga to'y, qimmat telefon, qandaydir mashinalar kerak emas. Lekin "zamon" shuni talab qilyapti. "Zamonaviy" yashash uchun soqqani qilish kerak.
Ha, aytgancha maqolani o'qib bo'lding. Endi ishinga qayt, chunki soqqan qilishing kerak :)
#rat_race #thoughts #sadcasm
@islombekdev
Post #206
898
- 👍 29
- 🔥 4
- ⚡ 1
- 😢 1
- 🎉 1