Abdulaziz juda yaxshi bola...
U hozir PHP dasturchisi. Bir yil oldin back-end dasturchi bo'lmoqchi ekanida, odamlarning "PHP o'ladi", "Go PHPni o'rnini to'liq egallaydi", "NodeJS osonroq" degan so'zlariga hech ham e'tibor bermay: "Bitta dasturlash tilini yaxshi o'rganib olsam, Go bo'ladimi, Nodejs bo'ladimi hullas qaysinisini bo'lsa ham o'rganib ketaveraman" degan fikrda bo'ldi.
Har kuni tartibli hayotga amal qilgan holda ertalab turib diniy, shaxsiy rivojlanish bo'yicha kitoblar o'qidi, darslarini qildi, imkon boricha algoritmik masalalarni yechdi. Tajribali ustozdan birmuncha vaqt darslar oldi va shu vaqt davomida Laravel frameworkini ham o'rganib chiqdi.
O'zini yaroqli bilimga ega bo'ldim deb hisoblagan paytdan boshlab ishga kirib olishga harakat qildi va qallobligi bilan tanilgan bir kompaniyaga bilmagan holda kirib qoldi. U joyda bir tiyin ham pul olmagan bo'lsa ham yaxshi tajriba olib 6 oy sabr qilib ishladi va ish davomida ham o'z bilimlarini oshirdi.
Keyin esa o'zi ishlayotgan kompaniyasi qallobliklaridan xabar topib u yerni tark etdi. Ingliz tilini bilgani uchun unchalik taniqli bo'lmasa O'zbekistondagi bir chet el kompaniyasiga ish topshirdi. Suhbatda o'zini yaxshi ko'rsata oldi va Alloh unga o'sha ishga kirishni nasib etdi.
Hozir u kompaniyada ishlayotganiga 6 oydan oshdi. Yuqori daromda olishidan tashqari, ishi davomida yaxshi xizmatlari uchun boshliqlar tomonidan sovg'alar ham oldi. Qolaversa hozirda u Turkiyada maza qilib dam olib yuripti. Sayohat to'lovini ham kompaniyasi to'lab bergan.
Qissadan hissa shuki, maqsad qo'ying va maqsadingizni to'g'ri deb hisoblasangiz u yo'lda qattiq turing va ustingizda ham qattiq ishlang!
P.S ism o'zgartirilgan.
@islom_aliy
Post #17
234