TGViewer
Islombek.dev Islombek.dev @islombekdev · 435 subscribers
Post #161 7.66K
O'rtacha odam bo'lib qachongacha yura olamiz?

Ingliz tilidan dars beradigan tanishimdan so'radim:

- O'quvchilaringiz uyga vazifa qilishadimi yoki dangasa bo'lib ketganmi?
- "Judayam dangasa bo'lib ketgan, ba'zilari dars qiladi", deb javob berdi.

Haqiqatan ham hozir aksarimiz juda ham dangasa bo'lib ketganmiz, 4-5 yil oldin ingliz tili o'rganib yurganimda, darslarimga qattiq e'tibor berganim, speakinglarga juda yaxshi tayyorlanganim, so'zlar yodlaganim esimga tushib ketti.

Ayni damda esa 10 bet ham kitob o'qimasdan kerak bo'lsa haftalab vaqtim o'tib ketyapti. "Hozir hamma judayam dangasa, top 1%'ga chiqish juda ham oson, shunchaki miyangni boshqarishing kerak", deb Andrew Tate to'g'ri aytgan ekan.

Oddiygina o'zimizni sohamiz, dasturlashga qaraylik. Yildan-yilga talablar nihoyatda oshib boryapti. 3-4 yil oldin oddiygina verstalshik bo'lib ish topa olish mumkin edi hozir esa full-stack bo'lib turib ham ish topish qiynalishmoqda.

Hamma narsa nihoyatda rivojlanib boryapti. Dasturlashda ham, boshqa sohada ham o'rtacha odamlarga bora-bora talab nihoyatda tushib ketyapti va bunga o'zingiz ham guvohsiz. Hullas, vaqtinchalik bizni hursand qiladigan narsalardan voz kechib, kelajagaimiz uchun qattiq harakat qilmasak, keyinchalik qattiq attang qilib qolishimiz mumkin.

@islombekdev
  • 👍 23
  • ❤‍🔥 1
More from @islombekdev
  1. Jun 27, 2025Hack for Gaza Deen developers tomonidan tashkillashtirilgan hackathonda qatnashib, G'azo u…
  2. May 11, 2025Yana bir hamyurtimiz dunyodagi eng katta kompaniyalardan biri bo’lgan Oracle’dan offer oli…
  3. Apr 25, 2025Dasturchi sifatida produktivligingizni oshirish uchun 2 ta monitor, macbook sotib oldingiz…
  4. Apr 9, 2025E'tibor berayotgan bo'lsangiz full-stack dasturchilarga talab anchagina ortib qolgan. Maos…
  5. Mar 1, 2025Ramazon muborak! Bu oyda ba'zi do'stlarimiz chanqoq yoki bosh og'rig'i kabi muammolarni bo…
  6. Jan 31, 2025​​Nima kasbni o'rganishni bilmayotgan yoki sohangizda yanada yaxshiroq natijaga erishmoqch…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →