TGViewer
Islombek.dev Islombek.dev @islombekdev · 435 subscribers
Post #126 558
React server components yagona yechimmi?

Reactga yangi qo'shilgan eng ajoyib fichalardan biri - bu React server components (aka RSC).

Soddaroq qilib tushuntirganda, RSC yordamida Uining kerakli qismlarini HTML sifatida pre-render qilib olib, brauzerga yuborib olishimiz mumkin. Bu orqali saytimiz anchagina tez ochiladi.

Nimaga? Chunki har safar saytga tashrif buyurganda Javascriptni yuklanib, ishga tushishini kutib o'tirilmaydi. Qolaversa RSC bizga juda ham ajoyib boshqa imkoniyatlarni taqdim etadi. Ulardan ba'zilari:

- Backend'dagi resurslarga to'g'ridan-to'g'ri foydalana olish;

- Maxfiy ma'lumotlarni serverda saqlash (access tokenlar, API key va boshqalar);

- Data fetching: RSC sizga componentni o'zida to'g'ridan-to'g'ri server-side data fetching qilish imkonini beradi. Bu orqali API yoki databazadan ma'lumotni fetch qilishni to'g'ridan-to'g'ri serverda amalga oshirish mumkin bo'ladi. Bu client va server o'rtasidagi so'rovlar borib qaytishini kamaytirgani sababli tezlik anchagina yaxshi bo'ladi.

Hullas RSC juda ham ajoyib fichalarni taqdim etgan va bu joyda bir nechtasini keltirdim holos.

Ammo bu endi hamma komponentimizni RSC qilishimiz kerak degani emas. Chunki RSCni ham o'z kamchiliklari bor. Masalan:

- Interaktivlik va event listenerlar (onClick, onChange etc.)

- Hooklar va lifecycle eventlar (useState, useEffect, useDispatch etc.)

- Browser-only API'lar (Geolocation, Web storage ect.) va shu kabi ba'zi narsalardan foydala olmaymiz.

Hulosa qilib aytganda RSCni hamma narsa uchun ishlata olmaymiz. Ammo o'z o'rnida foydalana olsak, juda ham ajoyib natijalarga erishsak bo'ladi.

@islombekdev
  • 👍 8
More from @islombekdev
  1. Jun 27, 2025Hack for Gaza Deen developers tomonidan tashkillashtirilgan hackathonda qatnashib, G'azo u…
  2. May 11, 2025Yana bir hamyurtimiz dunyodagi eng katta kompaniyalardan biri bo’lgan Oracle’dan offer oli…
  3. Apr 25, 2025Dasturchi sifatida produktivligingizni oshirish uchun 2 ta monitor, macbook sotib oldingiz…
  4. Apr 9, 2025E'tibor berayotgan bo'lsangiz full-stack dasturchilarga talab anchagina ortib qolgan. Maos…
  5. Mar 1, 2025Ramazon muborak! Bu oyda ba'zi do'stlarimiz chanqoq yoki bosh og'rig'i kabi muammolarni bo…
  6. Jan 31, 2025​​Nima kasbni o'rganishni bilmayotgan yoki sohangizda yanada yaxshiroq natijaga erishmoqch…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →