❤️ ISFT universiteti va Proactive Marketing agentligi hamkorligida marketing yo‘nalishidagi talabalar uchun yangi ta’lim va kasbiy rivojlanish tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda.
“Marketing: bilimdan kasbiy faoliyatgacha” dasturi talabaning universitetdagi bilimlarini real marketing amaliyoti bilan bog‘lashga qaratilgan.
Dastur doirasida talabalar:
— marketingdagi o‘z yo‘nalishini aniqlashi;
— turli marketing mutaxassisliklarini chuqurroq o‘rganishi;
— Proactive mutaxassislari bilan amaliy trening va intensivlarda qatnashishi;
— real kompaniyalar misollari va biznes vazifalari bilan ishlashi;
— bozor tadqiqotlarida ishtirok etishi;
— agentlik loyihalari va stajirovkalarda tajriba orttirishi;
— professional mentorlar bilan ishlashi;
— o‘z portfoliosini shakllantirishi mumkin.
Bu — marketingni faqat auditoriyada o‘rganish emas.
Bu — o‘qish davomidayoq o‘z kasbiy yo‘nalishingizni topish va real tajriba to‘plash imkoniyati.
Agar siz ushbu dastur, treninglar, real loyihalar, tadqiqotlar va boshqa amaliy imkoniyatlarda qatnashishga qiziqsangiz, quyidagi forma orqali ma’lumotlaringizni qoldiring.
Qiziqishingizni bildiring
🔗 [FORMA HAVOLASI]
✅ISFT — orzularingiz ro‘yobi!
Instagram | Telegram | YouTube | Facebook
