TGViewer
ISFT SAM LIFE SEN — HIKOYANING O‘ZISAN! ISFT SAM LIFE SEN — HIKOYANING O‘ZISAN! @isft_sam_life · 103 subscribers
Post #15 173
ISFT INSTITUTIDA O‘ZBEK TILI HAFTALIGI!

🇺🇿 12–21-oktabr — ona tilimizga ehtirom haftaligi!

ISFT instituti Samarqand filiali Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi tomonidan o‘zbek tilining nufuzi, jozibasi va boy imkoniyatlarini namoyon etish, talaba-yoshlar hamda institut jamoasining ona tiliga bo‘lgan hurmatini yanada oshirish maqsadida O‘zbek tili haftaligi tashkil etilmoqda!

Haftalik doirasida quyidagi tanlovlar o‘tkaziladi:

✍️1. INSHOLAR TANLOVI
Mavzu: “O‘zbek tili — milliy o‘zligimiz timsoli”
15-oktabr | 🕑 14:00
Institut kutubxonasi (ARM, 5-qavat)
Ishtirokchilar: talabalar

📝2. DIKTANTLAR TANLOVI
Shior: “To‘g‘ri so‘zla, to‘g‘ri yoz!”
17-oktabr — institut faollari va ustozlar
11:00 | 📍 Institut kutubxonasi (ARM, 5-qavat)

🎙3. SHE’RXONLIK TANLOVI
O‘zbek tili haqidagi sevimli she’ringizni ifodali o‘qing, ovozingizni yozib oling va bizga yuboring!
She’rlar qabuli: 11–20-oktabr
📩 Telegram: @M_Zayniddinovna09

🏆Eng ko‘p ovoz to‘plagan ishtirokchi haftalik yakunida taqdirlanadi!
Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz, qalbimiz ovozi va milliyligimiz ifodasi!
Barchangizni tanlovlarda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Hurmat bilan,
Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi


🤞G‘oyang bo‘lsa — joying bor!
ISFT LIVE TEAM☺️
  • 👍 1
More from @isft_sam_life
  1. Oct 16, 2026🎲 “"O'zbek tili" haftaligi doirasida "Til - bilimdoni" nomli musobaqa savollari:” testi �…
  2. Oct 16, 2026"O'zbek tili" haftaligi doirasida tashkil qilingan She'rxonlik tanlovi ishtirokchisi - Sor…
  3. Oct 16, 2026"O'zbek tili" haftaligi doirasida tashkil qilingan She'rxonlik tanlovi ishtirokchisi -25-S…
  4. Oct 15, 2026Testni ishlaganlar, test so'ngida chiqqan natijani screenshot qilib, ism, familiya bilan q…
  5. Oct 15, 2026Bunı ham ishlaylik, g'olib taqdirlanadi.
  6. Oct 15, 2026"O'zbek tili" haftaligi doirasida tashkil qilingan She'rxonlik tanlovi ishtirokchisi - Erk…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →