TGViewer
Channel Public Channel
IRFON Plus

IRFON Plus

@irfonplus

Subscribers
172
Photos
20
Videos
81
Links
82

Showing posts older than #77 · Back to latest

Older Posts 20 shown
Post #75 215
✨ "Irfon Plus" sahifasida butunlay yangi va hayajonli loyiha!

📖 "Qur'oniy Mo'jizalar" Ilm-fan endigina kashf etayotgan haqiqatlar – DNK tuzilishi, galaktikalar harakati, fizika va kimyo olamidagi kashfiyotlar muqaddas kitobimizda qanday bayon qilingan? Keling, bu mo'jizalarni birgalikda kashf etamiz! 🌍🪐🧬

⏳ Tez kunda to'liq ma'lumotni e'lon qilamiz! Bizni kuzatishda davom eting, eng qiziqarli qismini o'tkazib yubormang. 😉👇

Youtube | Telegram
  • ❤ 7
  • 👍 3
  • 🔥 2
Post #74 188
Imom Rabboniy — Ikkinchi ming yillik mujaddidi! 🕌📜

Hindistonning "Sherlar o'rmoni"dan chiqqan, Islom dinining sofligini saqlab qolish yo'lida qat'iy turgan ulug' olim va orif zot hayoti bilan tanishing.

✨ Ushbu videoda:
📍 Hazrat Umar (r.a.) avlodidan bo'lgan Imomning hayot yo'li;
📍 "Dini ilohiy" fitnasi va haqiqat g'alabasi;
📍 Mashhur "Maktubot" asari haqida qiziqarli faktlar.

📌 “Shariatning har bir hukmi saodat kalitidir. Kimki sunnatni mahkam tutsa, najot topgay...”

Tafsilotlarni YouTube kanalimizdagi maxsus son orqali tomosha qiling:

🔗 Videoni ko'rish: https://youtu.be/DrWD6zDKfNA
  • ❤ 5
  • 👍 5
  • ❤‍🔥 1
Post #73 215
📚 Sevimli yozuvchingiz kim? 🤔

"Real Adabiyot" loyihasining yangi sonida shahar bo‘ylab kichik so‘rovnoma o‘tkazdik! 🎤✨

O‘zbek adabiyoti durdonalari yoki jahon klassikasi? 🌍 Odamlar qaysi ijodkorlarni sevib mutolaa qilishadi? 📖

Videoni ko‘ring va o‘z variantingizni izohlarda qoldiring! 👇📝

https://youtu.be/C2Pu8WPWNHE
  • 👍 7
  • 🔥 2
  • ❤‍🔥 1
Post #72 187
“Real Adabiyot” soʻrovnomasi! 🎤✨

Odamlar koʻchada va kitob doʻkonlarida qaysi muallifni koʻproq tilga olishadi? Boburmi yoki Dostoyevskiy? Oʻtkir Hoshimovmi yoki Remark?

Sizning sevimli adibingiz kim? Videoni koʻring va oʻz fikringizni bildiring! ✅

https://youtu.be/C2Pu8WPWNHE
  • 👍 5
  • ❤ 3
  • ❤‍🔥 1
Post #70 185
🎙 "Real Adabiyot" — 2-son!
Tez kunda.
Savol: Eng sevimli yozuvchingiz kim? 🤔

Ko'chadagi odamlardan qaysi yozuvchilarni yaxshi ko'rishlarini so'radik. Qodiriy, Aytmatov, Oruell... Javoblar juda xilma-xil va qiziq bo'ldi!

Sizchi? Qaysi yozuvchining kitobi siz uchun eng zo'ri? Kommentariyni portlatamiz! 👇🔥

Youtube | Telegram
  • ❤ 6
  • 🔥 3
Post #67 183
Irfon marketing

SMM menejerlarni jamoamizga taklif qilamiz!
🚀

✅ Tajribasi: 1+ yil
✅ Yosh: 18-25
✅ Og‘il bola bo‘lishi shart
✅ Maosh: 4.000.000+ 💰
✅ Tartibli va Deadline ga amal qilish⏳
✅ Qadriyatli bo‘lishi

📞 Bog‘lanish uchun telegramdan yozing: 👇
@Irfonmarekting
  • ❤ 4
  • 👍 3
  • 🔥 1
Post #66 180
Fariduddin Attorning boylik va dunyo ishlaridan kechib, haq yo'liga kirishiga nima sabab bo'lganini bilasizmi? Kunlardan bir kuni uning do'koniga kelgan sirli bir darvesh unga shunday savol beradi: "Sen qanday jon berasan?". Bu savol va uning ortidan kelgan kutilmagan hodisa Attorning qalb dunyosini ostin-ustun qilib yuboradi... 💔✨

https://youtu.be/be4pYt2zxyw
  • 👍 4
  • ❤ 2
Post #65 170
📜 "Bir ulamo tarixi" | 4-son: Imom Rabboniy

Hindistonning "sherlar o'rmoni"da dunyoga kelib, yoshligidayoq Qur'onni to'liq yod olgan zot qanday qilib tarix yo'nalishini o'zgartirdi? 🤔

Boburiy hukmdor Akbarshoh o'ylab topgan yangi "Dini ilohiy"ga qarshi qat'iy turib, haqiqiy bandalik va sof Islomni himoya qilgan buyuk olim — Imom Rabboniy (Ikkinchi ming yillik mujaddidi) hayoti haqida gaplashamiz. ✨

🎬 Ko'rsatuvimizning navbatdagi sonini o'tkazib yubormang!

👉 Tez kunda

#BirUlamoTarixi #ImomRabboniy #IrfonPlus #IslomTarixi #Tasavvuf #Tarix
  • 👍 4
  • ❤ 1
Post #64 151
🛡 Amir Temur qanday qilib yengilmas bo‘lgan?

"Zafarnoma" asari bizga Sohibqironning harbiy strategiyalari va diplomatik mahoratini ochib beradi. 🏹

Anqara jangidagi taktikalar;
Qo‘shinni qanotlarga bo‘lish sirlari;
Va o‘sha davrning ulug‘vor manzaralari.

Batafsil videoda ko‘ring! 👇
https://youtu.be/SDKLObtRCxg
  • 👍 5
Post #63 159
📜 So‘fi Olloyor: Taslimiyat va Sabr

“Aningdur mol-u mulk har ne bori...
Nechuk qilsa o'zining ihtiyori”
https://youtu.be/5q8dWp2teHg
  • 🔥 4
  • ❤ 1
Post #62 170
Dunyoni anglatuvchi kitob — "Ihyou ulumiddin" 📚

Imom G‘azzoliy 30 yoshidayoq Bag‘dodning eng nufuzli universiteti "Nizomiya" rahbari edi. Uning atrofida yuzlab olimlaru amirlar parvona bo‘lishgan. Ammo shon-shuhrat va boylik cho‘qqisida u bir haqiqatni angladi: qalb va til birligi! ✨

🔹 Video davomida bilib olasiz:

Nima uchun Imom G‘azzoliy barcha boyliklaridan voz kechib, 10 yil darvishlik qildi?

"Ihyou ulumiddin" (Din ilmlarini tiriltirish) asari qanday sharoitda yozilgan?

G‘arb uni nima deb ataydi-yu, Sharq qanday ulug‘laydi?

Bu asar nafaqat din ilmlarini, balki insonning o‘zligini ham "tiriltiradi".

👉 To'liq video https://www.youtube.com/watch?v=ERTI_m5UNVI
  • 👍 2
  • 👏 2
Post #61 149
Zulmatli yillarda ham iymoni va ilmini saqlab qolgan buyuk siymo — Mavlaviy Hindistoniy. 🌙

Qatag'on yillari, surgun va urush... Muhammadjon domla har qanday sharoitda ham Qur’onni qalbida asradi. 📖 Hatto surgunda 500 ta qo‘y boqib yurib, har ikki kunda bir marta Xatmi Qur’on qilgan ekanlar. ✨

Ulamolarimizning hayoti biz uchun chinakam saboq! 🙌
https://youtu.be/rK9_sguDIO4
  • 🔥 3
  • 👍 2
Post #60 148
📜 "Ihyou ulumid-din" — Din ilmlarini jonlantirish

Iso alayhissalom (a.s) shunday degan ekanlar:
"Ertalab hech vaqosiz uygʻonaman va kechqurun hech vaqosiz yotaman, ammo yer yuzida mendan boyroq kishi yoʻq..."

Ushbu videoda qanoat va haqiqiy boylik haqidagi teran maʼnolarni koʻrishingiz mumkin. Imom Gʻazzoliyning bu asari qalb kasalliklariga shifo, yoʻlimizga nurdir. 💡

✅ Videoni koʻrib, oʻzingiz uchun xulosa oling.
🔄 Yaqinlarga ham yuboring!
Youtube | Telegram
  • 👍 4
  • ❤ 3
Post #59 165
Tasavvuf — murakkab nazariya emas, balki hayot yo'li! 🌿

Bugungi videomizda o'zbek falsafiy-didaktik adabiyotining yorqin vakili, buyuk alloma So'fi Olloyor hayoti va uning o'lmas asarlari haqida suhbatlashamiz.

Uning ijodi asosan ikki tilda — fors va turkiy tillarda yaratilgan:
📘 Fors tilidagi asarlari: "Maslak ul-muttaqin", "Murod ul-orifin", "Mahzan ul-mutin".
📙 Turkiy tilidagi asarlari: "Sabot ul-ojizin", "Favz un-najot".

✨ Qiziqarli fakt: Allomaning 12 ming bayt va 135 bobdan iborat "Maslak ul-muttaqin" asari shu qadar mashhur bo'lib ketadiki, do'stlari undan xuddi shunday asarni turkiy tilda ham yozishni iltimos qilishadi. Natijada esa o'zbek adabiyotining durdonasi — "Sabot ul-ojizin" dunyoga keladi.

Batafsil ma'lumotni videoda tomosha qiling! 👇

👉 https://youtu.be/5q8dWp2teHg
#sofiolloyor #tasavvuf #tarix #adabiyot #islomiy_tarix
  • 👍 5
  • 🔥 2
  • ❤ 1
Post #58 1.9K
📣 Siz qaysi kitobga ovoz berasiz? 📚

"Real Adabiyot" loyihamizning 1-sonidan ajoyib Reels! 🎬

Biz xalqimiz orasiga kirib, ularning eng sevimli kitoblari va yozuvchilari haqida so'radik. Natijalar bilan qisqacha videoda tanishing (William Goldingning "Pashshalar hukmdori" asari ham tilga olindi 👀).

❓ Sizning eng sevimli kitobingiz qaysi? Fikrlaringizni izohlarda kutib qolamiz! 👇


✈️ Videoni kitobxon do'stlaringizga ham yuborib qo'ying!
Youtube | Telegram
  • ❤ 8
  • 👍 2
  • 🔥 2
  • 🥰 1
Post #57 184
TEZ KUNDA... YANGI LOYIHA! 📢🎬

Tayyormisiz? Biz uzoq vaqt davomida tayyorlagan, ommabop va mutlaqo yangicha formatdagi "Real Adabiyot" ko‘rsatuvining premyerasiga juda oz qoldi! ✨

Dasturimizning ilk sonini barchamiz uchun eng qadrdon mavzuga bag‘ishladik:
📖 "SEVIMLI KITOB" 📖

Sizning qalbingizdan joy olgan, hayotingizga nur olib kirgan o‘sha asar qaysi? Biz bilan birga adabiyotning real dunyosiga sho‘ng‘ing! 🌊📚

📌 Premyerani o‘tkazib yubormang! 🔔 Kuzatib boring, tafsilotlar tez orada!
  • ❤ 4
  • 🔥 3
  • 👍 1
Post #56 200
🌙 Qamar — Ilm va shifo maskani!

Kichik bir do‘kondan boshlangan katta sayohat... 📚 Bugungi kunda "Qamar" nafaqat kitob do‘koni, balki insonning ma’naviy va jismoniy salomatligini tiklovchi haqiqiy multimarketdir.

Nimalarni topasiz?
✅ Dunyo va o‘zbek adabiyoti durdonalari;
✅ "Qamar" nashriyotidan saralangan kitoblar;
✅ Salomatlik uchun tabiiy giyohlar va shifobaxsh vositalar;
✅ Zamonaviy dizayn va qulay mutolaa muhiti.

📍 Manzillarimiz:
1️⃣ Navoiy shoh ko'chasi, 42A.
2️⃣ Seoul Mun ko'ngilochar savdo markazi.

Ilm va salomatlikni bir joydan izlaganlar uchun — biz kutamiz! ✨

#Qamar #Kitob #Nashriyot #Salomatlik #Mutolaa #SeoulMun
Youtube | Telegram
  • 🔥 3
  • ❤ 1
  • 👍 1
Post #54 150
📚 "Bir kitob" loyihasining uzoq kutilgan 3-soni YouTube kanalimizda!

Ajdodlarimizning qutlug' merosi va shonli o'tmishimizning yorqin sahifalarini ochib beruvchi "Bir kitob" ko'rsatuvining yangi soni allaqachon efirga uzatildi!

🎬 Hoziroq YouTube kanalimizga o'tib, to'liq videoni tomosha qiling:
https://youtu.be/SDKLObtRCxg
  • 👍 4
  • 🔥 1
Post #52 147
📚 O'zbekistondagi TOP nashriyotlardan biri — "Zabarjad Media" bilan tanishamiz! ✨

2019-yilda o'z ishini boshlagan ushbu nashriyot o'z nomiga munosib tarzda qimmatbaho toshdek noyob kitoblarni taqdim etib kelmoqda. 💎

Ayniqsa, tariximiz va milliy o'zligimizni anglashga xizmat qiluvchi "Jadid kulliyoti" to'plamlari, xalq dostonlari ("Alpomish", "Rustamxon") hamda Rumiyning durdona asarlari har bir kutubxonaning to'ridan joy olishga arziydi! 📜 Jahon adabiyoti muxlislari uchun esa mashhur "Taxtlar o'yini" (Game of Thrones) ajoyib muqovalarda nashr etilgan. 🐉
Youtube | Telegram
  • 👍 6
  • ❤ 1
Post #51 148
"Bir Kitob" loyihasining navbatdagi soni tez kunda!

📚 Bu shunchaki kitob emas, bu — g‘alaba kitobidir! Temuriylar davri nafaqat janglar, balki yuksak diplomatiya, davlat qurilishi va madaniyat asri bo‘lgan.

✨ Alisher Navoiy hazratlari tomonidan "Tarix ilmining piri" deb e’tirof etilgan muallif va uning o‘zbek davlatchiligi tarixida o‘chmas iz qoldirgan asari haqida batafsil gaplashamiz.

Ko‘rsatuvda sizni nimalar kutmoqda?
🔹 O‘zbek davlatchiligi tarixining muhim bo‘g‘ini;
🔹 Astronomiya, adabiyot va insho san’atining uyg‘unligi;
🔹 Adolatli hukmdor timsolining yaratilishi.

⏳ Tez kunda barcha platformalarimizda!

🔔 Bildirishnomalarni yoqib qo‘ying, bizni kuzatishda davom eting!
Youtube | Telegram
  • 👍 5
  • 🔥 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →