TGViewer
Channel Public Channel
IRFON Plus

IRFON Plus

@irfonplus

Subscribers
171
Photos
20
Videos
81
Links
82

Showing posts older than #28 · Back to latest

Older Posts 20 shown
Post #27 164
"Shayx" so'zining asl ma'nosini bilasizmi? 🤔

Islom dinida yuksak darajaga yetgan ustoz va olimlarga beriladigan hurmat unvoni.

Qabila, urug' boshliqlari yoki tariqat peshvolari maqomi.
Youtube | Telegram
  • 👍 3
  • ❤ 1
  • 🔥 1
Post #26 162
📜 Tasavvuf olamida "Pir" shunchaki ustoz emas, u — ruhoniyat yo'lidagi rahbar, qalb ko'zini ochishga ko'maklashuvchi ma'naviy yo'lboshchidir.

#IrfonPlus #Tasavvuf #Pir #Ma'naviyat #Ustoz #Murid #Ruhoniyat #Islom #Bilim
  • 👍 4
  • ❤ 1
  • 🔥 1
Post #25 179
Fiqh nima? 🤔

✅ Fiqh — lug‘atda bir narsani chuqur va nozik joylarigacha tushunish degan ma’noni bildiradi.
✅ Islom ilmida esa — Shariat qonunlarini amaliy hayotga tatbiq etish ilmidir.

🌙 Ilimingiz ziyoda bo‘lsin! Yaqinlaringizga ham ulashing.
📍Youtube | Telegram
  • 👍 7
  • ❤ 2
  • 🔥 1
Post #24 184
✨ Islom olamidagi eng sirli ilm haqida nimalarni bilamiz?

🔸 Nima uchun bu ilm "suf" (jun), "safo" (poklik) yoki "suffa" so‘zlari bilan bog‘lanadi?
🔸 Qalbni dunyo kirlaridan tozalash va Allohni faqat aql bilan emas, ishq bilan tanish yo‘li qanday bo‘ladi?
🔸 Insonning oliy maqsadi — "Komil inson" darajasiga yetish sirlari nimada?
📍Youtube | Telegram
  • 👍 5
  • ❤ 3
  • 🔥 1
Post #23 194
🌙 Shariat so'zining ma'nosi nima?

Yaqinlaringizga ham ulashing! 👇
IRFON Plus — yoshlar uchun ma’rifat chirogʻi!

Youtube | Telegram
  • ❤ 4
  • 👍 4
Post #22 1.43K
"Men uchun Ramazon bu... 🌙

Siz uchun Ramazon nima?

IRFON Plus — yoshlar uchun ma’rifat chirogʻi!

Youtube | Telegram
  • 👍 9
  • ❤ 8
  • 🔥 1
  • 👏 1
Post #21 184
📖 Tajvid — Quronni to‘g‘ri va go‘zal o‘qish kalitidir!

🔹 Lug‘atda: Yaxshilash, go‘zallashtirish va bir narsani sifatli qilish degan ma’nolarni anglatadi.
🔹 Istilohda: Quronni o‘qish qoidalarini o‘rgatuvchi maxsus ilm fanidir.

📍Youtube | Telegram
  • 👍 7
  • ❤ 2
  • 🔥 1
Post #20 168
✨ "Bir kitob" ko‘rsatuvining yangi sonida: Sharq tasavvuf adabiyotining gultoji — "Tazkirat-ul avliyo" haqida gaplashamiz.

Ruhimizni davolash vaqti kelmadimikan?

🎬 Tez kunda "IRFON PLUS"da!
  • 👍 3
  • 🔥 1
Post #19 192
📌 "Tasnif" atamasi nima degani?

Lug‘aviy jihatdan: saralash, guruhlarga ajratish va tartibga solish.

Ilmiy adabiyotda: tarqoq ma’lumotlarni yig‘ib, ularni mavzularga, boblarga va fasllarga ajratib, yaxlit kitob yoki asar holiga keltirish.

🚀Youtube | Telegram
  • 👍 4
  • 🔥 1
Post #18 179
Tariqat — qalb pokligi yo‘lidir 🌿

✅ Nafs balosidan qutilish;
✅ Qalbni g‘uborlardan tozalash;
✅ Haqiqiy xotirjamlikka erishish.

🚀Youtube | Telegram
  • 👍 9
  • 🔥 1
Post #17 173
Xoja Alouddin Attor: Ilmu amal birlashgan buyuk shaxs

✨ "Bir ulamo tarixi" turkumidagi yangi videoni o‘tkazib yubormang!

📹 Tez kundada YouTube kanalimizda!
Youtube | Telegram
  • 👍 9
Post #16 176
📚 "Risola" — shunchaki xatmi yoki ilmiy meros?

🔹 Lug‘aviy ma’nosi: Arab tilida — xat, maktub, yuborilgan narsa yoki elchilik.
🔹 Ilmiy ma’nosi: Ma’lum bir mavzuni atroflicha, lekin ixcham shaklda yoritib beruvchi kichik hajmdagi kitob yoki asar.

Youtube | Telegram
  • 👍 8
Post #15 197
Murshid kim? 🧭

"Murshid" so‘zi arabcha — "to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi", "hidoyatga chorlovchi" degan ma’nolarni anglatadi.

Tasavvufda esa piri murshid — qalbni g'aflatdan uyg'otuvchi, kibr, hasad va riyo kabi ma'naviy illatlardan xalos etuvchi "ma'naviy tabib"dir.

📌 IRFON PLUS | Atamalar sahifasi
Youtube | Telegram
  • 👍 8
  • ❤ 2
Post #14 196
🌙 “Bir kitob” loyihasining ilk sonida insoniyat ma’naviyatini o‘zgartirgan buyuk asar haqida so‘z boradi.

Tez kunda IRFON PLUS YouTube kanalida tomosha qiling!

📍 Tez kunda Irfon Plus kanalida!
Youtube | Telegram
  • 👍 8
  • ❤ 3
  • 🕊 2
Post #13 190
Murid kim? 🧐

🔹 Lugʻaviy maʼnosi: "Iroda", "xohish" soʻzlaridan olingan boʻlib, "xohlovchi", "istovchi" degan maʼnolarni anglatadi.
🔹 Tasavvufda: Oʻz irodasini murshid (ustoz) qoʻliga topshirgan, nafsini jilovlash va ruhiy poklanish yoʻliga kirgan shogird.

Muridlik — bu shunchaki ilm olish emas, balki qalbni tarbiyalashdagi mashaqqatli mehnatdir. ✨
Youtube | Telegram
  • 🔥 10
  • 🥰 2
Post #12 188
«Avliyo» soʻzi arabcha «valiy» soʻzining koʻplik shakli boʻlib, lugʻaviy jihatdan yaqinlar, doʻstlar yoki homiylar degan maʼnoni anglatadi.

Islom istilohida esa «Avliyoulloh» — Allohning doʻstlari degan yuksak maqomdir. Ular:
✅ Farz amallarni toʻla-toʻkis ado etadilar;
✅ Nafly ibodatlar va goʻzal xulq bilan Allohga yaqinlashadilar;
✅ Qalblaridan dunyo muhabbatini chiqarib tashlagan zotlardir.
Yaqinlaringizga ham ulashing! ✨

IRFON Plus — yoshlar uchun ma’rifat chirogʻi!

Youtube | Telegram
  • 👍 5
  • 👏 2
  • 😇 2
  • ❤‍🔥 1
  • 🕊 1
Post #11 181
📌 «Alloma»

1️⃣ Ma’nosi: O‘ta bilimdon, qomusiy ilm egasi.
2️⃣ Farqi: Oddiy olim bir soha mutaxassisi bo‘lsa, Alloma ko‘plab fanlarni chuqur o‘zlashtirgan bo‘ladi.
3️⃣ Darajasi: Bu unvon insonning aql-zakovati va ilmiy salohiyati eng yuqori ekanligini ifodalaydi.

Ilm olishdan to‘xtamang! 🌟

IRFON Plus — yoshlar uchun ma’rifat chirogʻi!

Youtube | Telegram
  • ❤ 9
  • 👍 3
  • ❤‍🔥 1
  • 🕊 1
Post #10 210
Ulamo — bu shunchaki bilimdonlik emas! 📜
"Olimlar payg‘ambarlarning merosxo‘rlaridir."

Ulamo kim?
📚 Qur’on, hadis va fiqhni bilgan peshvo;
Jamiyatning ma’naviy ustunlari haqida 1 daqiqada bilib oling.


IRFON Plus — yoshlar uchun ma’rifat chirogʻi!

Youtube | Telegram
  • 👍 8
  • ❤ 4
  • 🔥 3
Post #9 175
📚 "Bir ulamo tarixi" turkumining ilk sonida — Mavlaviy Hindistoniy hayoti.

📹 Tez kundada YouTube kanalimizda!
O‘tkazib yubormang.
IRFON Plus — yoshlar uchun ma’rifat chirogʻi!

Youtube | Telegram
  • 🔥 6
  • ❤ 4
  • ⚡ 4
  • 🕊 2
Post #7 280
⚡️ IRFON PLUS start oldi: Katta maqsadlar yangicha uslubda!

Irfon TV asosan katta avlod uchun ekanligi hech kimga sir emas. Ammo yoshlar-chi? Ular uchun ilm-ma'rifatni qanday qilib qiziq va tushunarli qilib yetkazish mumkin?

Biz bu savolga javob topdik va IRFON PLUS loyihasiga asos soldik! 🚀

Ma'no chuqur, lekin uslub bizning to‘lqinda! 🌊

Bu yerda nimalar qilamiz?
✅ Tarixiy voqealarni zamonaviy tilda "gapirtiramiz";
✅ Kitob o‘qishni majburiyat emas, qiziqarli mashg‘ulotga aylantiramiz;
✅ Murakkab fikrlarni oddiy va hayotiy misollar bilan tushuntiramiz.

Agar siz ham doimiy o‘sishni va atrofingizda ma'rifatli yoshlar ko'payishini istasangiz, IRFON PLUS aynan siz uchun!

O‘zimiznikilarga yuborib qo‘yamiz!

IRFON Plus — yoshlar uchun ma’rifat chirogʻi!

Youtube | Telegram
  • 🔥 9
  • 👍 3
  • ❤ 2
  • ⚡ 2
  • ❤‍🔥 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →