🕌 Imom Abu Lays rohimahulloh aytadi:
“Olimning huzurida o‘tirgan odam hech narsani yodlab ololmasa ham olti sharafga erishadi: 👇
1️⃣ Mutaallimlik, ta’lim oluvchilik sharafiga 📚
2️⃣ Gunohdan tiyilish sharafiga 🛡
3️⃣ Uyidan chiqayotganda unga rahmat yog‘ilishi sharafiga 🌧
4️⃣ U o‘tirgan ilm majlisiga rahmat yog‘ilayotgan bo‘lsa, o‘shandan nasibador bo‘lish sharafiga ✨
5️⃣ Modomiki, quloq solayotgan ekan, toat qilish sharafiga 🧎♂️
6️⃣ Tushunolmay ichi qiynalib, qayg‘uga botganda shu qayg‘usi Allohning huzurida vosita bo‘lishi sharafiga 🤲“.
E’tibor beraylik-a, olimning huzurida o‘tirgan-u, hech narsani yodlab ololmagan inson shuncha sharafga ega bo‘lar ekan. Yodida saqlab, unga ixlos bilan amal qilsa-chi?! Boshqalarga ham o‘rgatsa-chi?!...
⏳ Turli bahonalar qilmay, ilmga shoshilaylik. Ilmsiz najot yo‘q va bo‘lmaydi ham! 🎯
Youtube | Telegram
Post #96
353

- 👍 3
- ❤ 2