Bismillahir Rohmanir Rohim.
Nega IRFON Plus ochildi?
Assalomu alaykum!
So‘nggi yillarda yoshlar uchun mo‘ljallangan kontent ko‘paydi. Ammo ularning aksariyati yoki haddan tashqari yengil, yoki mazmunsiz shovqin atrofida aylanadi. Ilmiy va ma’rifiy yo‘nalishda esa ko‘pincha murakkab til, og‘ir uslub va yoshlar ruhiga begona shakl ustun.
Shu bo‘shliq bizni o‘ylantirdi...
IRFONTV tajribasiga tayangan holda, lekin undan alohida yo‘nalishda, aynan yoshlarga mos bo‘lgan yangi platformani ishga tushirdik. Uning nomi — IRFON+ (Plus).
IRFON plus — bu ilmiy va ma’rifiy mazmunni saqlagan holda, uni yoshlar uchun tushunarli, zamonaviy va hayotga yaqin shaklda berishga urinish. Bu yerda mavzular qisqa bo‘lishi mumkin, lekin yuzaki emas. Savollar ochiq bo‘ladi, lekin mas’uliyatsiz emas. Fikrlar bahsli bo‘lishi mumkin, lekin hurmat doirasida.
Bu kanal:
— o‘ylashni istaydigan yoshlar uchun,
— hayotga jiddiy qaray boshlaganlar uchun,
— bilimni “trend” uchun emas, “yo‘l” uchun izlayotganlar uchun.
IRFON Plus YouTube va Telegram’da alohida kanal sifatida faoliyat boshladi. Oldinda suhbatlar, tahlillar, qisqa ilmiy izohlar va yoshlarni befarq qoldirmaydigan mavzular bor.
Agar siz ham bu yo‘l sizga yaqin deb his qilsangiz — obuna bo‘ling.
Bu shunchaki kanal emas, bu yangi bosqich.
IRFON Plus — yoshlar uchun ma’rifat.
Youtube | Telegram
Post #3
329

- 🔥 8
- 🤝 5
- ❤🔥 3
- ❤ 1