🇨🇳UNESCO ijodkor yoshlar uchun Xitoyda yirik xalqaro forumni e’lon qiladi
Davlat: Changsha va Nanjing, Xitoy
Yosh chegarasi: 18–32 yosh
O‘tkazilish vaqti: 2026-yil 15–20-noyabr
Sun’iy intellekt (AI), videografiya va madaniyat chorrahasida loyihalar yaratishni xohlaysizmi? YUNESCO tashkiloti Xitoyning Changsha va Nankin shaharlarida bo‘lib o‘tadigan International Youth Forum 2026 dasturiga saralashni boshladi!
Kimlar ishtirok eta oladi:
➡️Videobloggerlar, rejissyorlar va storytellerlar;
➡️Fotograf va ijodkor kontent-meykerlar;
➡️Madaniyat, san’at va tarixga qiziquvchi yoshlar;
➡️Sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlaridan ijodiy foydalanishni xohlovchilar.
Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:
➡️Shahar yoki madaniy meros mavzusida tayyorlangan video/vlog/hujjatli ish ko‘rinishidagi video portfolio taqdim etish;
➡️AI texnologiyalaridan mas’uliyatli va samarali foydalanishga tayyorlik;
➡️Xalqaro muhitda va jamoada ishlash ko‘nikmalari.
🔗Deadline: 2026-yil 27-sentabr (Pekin vaqti bilan 23:59)
🔗Ariza uchun: Havola
@Invaluable_Hub
Post #1208
2.26K
- ❤ 2