TGViewer
Introdevs Introdevs @introdevs · 70 subscribers
Post #21 1.35K

Forwarded from Teamwork.uz (фриланс площадка)

Qisqa, betayin videolar, xabarlarni ko'raverish oqibatida miyani o'ldirib bo'lishdi. Atrof to'la tik-tok miyalar. Buni eng katta zarari odam katta ma'lumotlar, uzun videolar, xabarlarni qabul qilgisi kelmay qoladi. Miya dangasa bo'lib, faqat qisqa va ko'ngilochar kontentlarga mute' bo'lib qoladi.
Hattoki 5-6 qator xabar yoki e'lonni ham o'qishga erinishadi. Ayrimlar esa sarlavhani o'zi bilan ham kifoyalanib qo'ya qoladi. Tayini yo'q ba'zi axborot nashrlari uchun esa bu ayni muddao. Sarlavha bilan piar qilish.
Yaqinda bo'lgan voqea. Ta'ziya e'lonida aniq qilib, falonchini oila a'zolaridan biri olamdan o'tgan va u kishiga hamdardlik bildirib yozilgan edi. Juda ko'pchilik u kishini o'zini olamdan o'tti deb dod-voy qilib yozganini ko'rdim.
Tik-tok, instagram reels, youtube shortslardan imkon qadar voz keching. Miya bunga narkotikdek o'rganib qoladi. Keyin uni eski holatiga qaytarish juda qiyin bo'ladi.
Zerikarli tuyulsa ham, ilmiy va uzun maqolalar o'qing, foydali videolar ko'ring. O'tkazib emas, boshidan oxirigacha.
Bizni ekran oldiga o'tkazib, qo'limizga telefon berib qo'yganlar bizni boshqarishadi. Vaqtinchalik ko'ngilxushlik mag'lubiyatdan boshqa narsa emas.

Jahongir Siddiqov

@teamwork_uz
  • 👍 9
  • ⚡ 5
  • 🔥 2
More from @introdevs
  1. Jun 5, 2025Barchani Introdevs jamoasi nomidan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Ushbu Qurbon Hayiti barc…
  2. Mar 29, 2025Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! Introdevs jamoasi barchani Ramazon Hayiti b…
  3. Feb 27, 2025Kirib kelayotgan Ramazon oyi bilan barchangizni Introdevs jamosi nomidan chin qalbimizdan…
  4. Dec 24, 2024Introdevs Puzzle 24 xakatonimizda Aliqulov Asror Abdumutal o'g'li g'olib bo'ldi! 🎉️️🎉️️�…
  5. Dec 22, 2024Bizni qadrdon kuzatuvchilarimiz uchun kichik xakaton tayyorladik. Bu xakatonimiz 3 ta mant…
  6. Sep 26, 2024tez orada... @introdevs bilan qoling
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →