Junior dasturchilarga ish yo‘qmi?
Xususan biz ko‘p dasturchilarni rezyumelarini ko‘ramiz, ular asosan 2 yoki 3 ta texnologiyani o‘rganib katta oylikli ishga kirmoqchi bo‘lishadi va ularning yoshi asosan 16 atrofida. Afsuski ko'pchilik IT ni shunday tasavvur qilishadi va bu juda noto'g'ri. Bunda ko'p o'quv markazlarning hissasi katta, chunki ko'p o'quv markazlar kurs tugagandan so'ng ularni oylikli ishga kira olishiga ishontirishadi va natijada yuqorida aytganimizdek "dasturchi"lar ko'payib boradi.
Aslida qanday? Dasturlashni boshlagan, umuman IT sohasida yurgan dasturchilar hech qachon o'z ustida ishlashdan va o'rganishdan to'xtamasligi zarur. Ma'lum 3-4 texnologiyalarni o'rganib olib "Bo'ldi men IT ni tugatdim" deyish sog'lom dasturchining fikri emas. Yaxshi kompaniya, jamoa, oylik va shu kabi narsalarga erishish uchun albatta tajriba (experience) zarur va bunda faqat bilimni (knowledge) o'zi yetmaydi chunki ishga kirishda tajribaning o'rni bilimdan yuqori turadi. Tajriba oshirish uchun haqiqiy loyihalarda qatnashish va kompaniya yoki tajribali dasturchilar jamoasi a'zosi (stajor) sifatida amaliyot o'tashi lozim. Bu ko'proq sizga foyda, sababi ular sizning qilgan ishingizni tahlil qilishadi, xatolaringizni tuzatishadi va bu ba'zan loyihalarni kechikishiga sabab bo'ladi. Buning o'rniga boshqa tajribaliroq dasturchilar shu ishni qilsa tezroq tugatishadi.
Xulosa shuki, yaxshi ishga kirish uchun tajriba zarur, tajriba oshirish uchun esa amaliyot o'tash kerak.
Kuzating 👉🏻 @introdevs
Post #19
1.19K
- 👍 10
- 🔥 3
- ⚡ 1
- ❤ 1