TGViewer
Informatika va AT Informatika va AT @informatika · 7.59K subscribers
Post #7891 2.6K

Forwarded from Qudrat Abdurahimov

Ko'zida yosh

Bugun bitta tanishim keldi. 18 - 19 yosh bola.
Yaqinda bitta bankda flutter dasturchi bo'lib ish boshlagan edi.
Oylik ham yaxshi 8 mln so'm, sinov muddatida. 2 oydan keyin 10 - 12 mln so'm bo'lishini kelishishgan.

Ish boshlaganiga 2 oy bo'lgan. Kredit berishlar juda ko'p ekan.
Ishga kirishdan oldin men boshqacha tasavvur qilgan edim.
Endi nima qilay? Men topayotgan pul - oylik xalolmi yoki xarommi deb so'rab kelibdi.

Men bilmasam, men fatvo beruvchi emasmanku, borib musulmonlar fatvo bo'limidan so'raysan deb manzilini berib yubordim.

Eng qizig'i suhbat jarayonida ko'zida yosh bir necha marta keldi.
Bildirmaslikka xarakat qildi.

Meni ajablantirgan narsa, xali qalb tirik, o'lmagan. Sof fitran nimanidir izlayapti.

U ketganidan keyin mening ham ko'zimga yosh keldi.
O'g'lim tengi bola, xalollik izlab yuribdi.

Mening nafsim esa, pulni qayerdan kelganiga parvo ham qilmaydi.

Xammamizga insof bersin.

P.S. O'smir yigitning sof fitrati sizni ham o'ylab ko'rishga majbur qilmadimi?
  • 👍 23
  • ❤ 10
  • ⚡ 9
  • 😁 2
  • 👏 1
More from @informatika
  1. Oct 17, 2026Post #8045
  2. Oct 17, 2026Post #8044
  3. Oct 17, 2026Post #8043
  4. Oct 17, 2026Vaqt juda tez o‘tmoqda! Rasmga qarab e'tibor qilsam, Windows XP tizimi 2001-yilda yaratilg…
  5. Oct 17, 2026🗓 Sun’iy intellekt muhandisligi bo‘yicha darslarni endi SUN'IY INTELLEKTni o'zi davom ett…
  6. Oct 17, 2026📚 3-DARS: Maʼlumot va axborot oʼrtasidagi farq 📖 Salom! O'tgan darsda axborot nima ekani…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →