#Hakim_Termiziy_1200
HAKIM TERMIZIY MEROSI — MA’NAVIY KAMOLOT MANBAI
🟢Bugun Jarqo‘rg‘on tumanidagi 67-sonli umumta’lim maktabida Hakim Termiziy tavalludining 1200 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.
🟢Unda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi A. Abduvahidov, viloyat targ‘ibot guruhi a’zosi D.Normurodova, o‘qituvchilar va yuqori sinf o‘quvchilari ishtirok etdi.
🟢Uchrashuvda buyuk allomaning hayoti va ilmiy-ma’naviy merosi, asarlarida ilgari surilgan inson kamoloti, axloqiy tarbiya va ma’naviy poklikka oid qarashlarning bugungi avlod tarbiyasidagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
🟢Shuningdek, Hakim Termiziy merosini yoshlar orasida keng targ‘ib etish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalalariga e’tibor qaratildi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:⬇️⬇️⬇️
✈️Telegram |✅Facebook |🌐 Termiziy.uz | 🌐Instagram |
📹YouTube
Post #20118
220




- ❤ 1
- 👍 1
- 🕊 1
- 💯 1