#Yangiliklar #Fotolavha #Xalqaro_aloqalar #konferensiya
Bugun Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 6-oktabr kuni Nabaviy meros boʻyicha X xalqaro anjuman – SWAN X 2026 ish boshladi.
Oʻzbekiston va Malayziya, shuningdek, Saudiya Arabistoni, Pokiston, Iordaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Buyuk Britaniya, Oʻmon, Qatar, Indoneziya, Tailand va Nigeriya olimlarini jamlagan anjuman “Globallashuv sharoitida barqaror taraqqiyot va oqil rahbarlik: Paygʻambar alayhissalom merosi va zamonaviy yondashuvlar” mavzusiga bagʻishlandi.
Anjumanda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Sarvar Saidov “Abdulloh ibn Muqaffaning “Risola as-sahoba” asarida islohotchilik g‘oyalari” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi. Ma’ruzada “Risola as-sahoba” asaridagi adolatli boshqaruv, jamiyatni isloh qilish va ilm-ma’rifatni rivojlantirishga oid g‘oyalar yoritilib, ularning tarixiy va bugungi kundagi ahamiyati ta’kidlandi.
Tadbir Malayziya Islom ilmlari universiteti (USIM), Tuanku Sayyid Sirojiddin xalqaro islom universiteti (UniSIRAJ) bilan hamkorlikda, global muammolarga islomiy ilmiy yondashuvlarni ishlab chiqish, xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda nabaviy merosni keng targʻib etish maqsadida tashkil etildi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:⬇️
✈️Telegram |✅Facebook |🌐 Termiziy.uz | 🌐Instagram |
📹YouTube
Post #20043
271






- 👍 2
- 🔥 2
- 👏 1