Sukhrob Nurali ning ushbu 'harakat' haqidagi posti(https://shorturl.at/6xNOq) e’tiborimni tortdi. Qisqa, lo‘nda, ammo juda mazmunli. Shu postni ozgina davom ettirmoqchiman. “Ok. Bo‘ldi. Endi harakatni boshlayman”, — deydi bu postni o‘qiganlar.
Qachon? Ertaga. Ha, yaxshi hamki, “ertaga” degan gap bor ekan. Ertadan, Xudo xohlasa, zalga chiqaman; ertadan ingliz tili bilan shug‘ullanaman; ertadan o‘z kasbiy mahoratimni rivojlantirish ustida iblayman; ertadan, ertadan, oy boshidan, dushanbadan va hokazo.
Bir vaqtlar shunday hikmatli gapni eshitgandim: “‘Ertaga’ deb nomlangan yo‘lni tanlasang, bu yo‘l seni ‘Hech qayer’ deb nomlangan mamlakatga olib borib qo‘yadi”.
Eng qiyin ish — o‘z ustingizda ishlaydigan ishingizdir. Birovni biror ishga buyurish yoki nazorat qilish oson. Bizni ham kimdir boshqarsa, tez itoat qilamiz, ammo o‘zimizni o‘zimiz boshqarishga kelganda toqatimiz yetmaydi. Qachondan harakatni boshlaymiz? Albatта, ertadan... =)
Post #4
224