Bugun TDIU–Pendidikan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi fakulteti dekani S. Yangiboyev, dekan o‘rinbosari S. Shukrullayeva hamda tyutorlar tomonidan ijarada istiqomat qiluvchi talabalar yashash xonadonlariga tashrif buyurildi.
Tashrif davomida xonadonlarning sanitariya-gigiyena holati, yashash sharoitlari hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi o‘rganildi. Shuningdek, talabalarga yong‘in xavfsizligi, is gazidan zaharlanishning oldini olish va turli kasalliklardan himoyalanish bo‘yicha profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.
Bunday tashriflar talabalarning xavfsizligi va salomatligini ta’minlash, ular uchun munosib yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan. 🏡
👇 TDIU-IJDP fakultetining rasmiy sahifalari
Telegram 🚀
IJDP yoshlar ittifoqi kanali 🚀
Instagram 📹
Google.com 🕸





