TGViewer
IIV | Rasmiy kanal IIV | Rasmiy kanal @iivuz · 97.5K subscribers
Post #154847 18.7K
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi taʼlim sifatini takomillashtirish maqsadida mavjud boʻsh professor, dotsent, katta oʻqituvchi va oʻqituvchi lavozimlari uchun tanlov eʼlon qiladi.

Tanlovda quyidagilar ishtirok etishi mumkin:
-huquqshunoslik yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislar;
-ekspert-kriminalistika sohasi vakillari;
-psixologiya yoʻnalishi mutaxassislari;
-fuqarolik va yuridik oliy taʼlim muassasalarining magistratura bosqichini tamomlagan, ilmiy daraja va unvonga ega boʻlgan fuqarolar.


Taklif etilayotgan lavozimlarga tegishli sohada kamida 3 yillik amaliy xizmat yoki 5 yillik pedagogik stajga yoxud tegishli mutaxassislik boʻyicha ilmiy darajaga ega mutaxassislar ishga olinadi. Talabgorlardan maʼlumot va hujjatlarni rasmiylashtirish, shuningdek lavozimga qoʻyiladigan malaka talablari bilan oldindan tanishib chiqish soʻraladi.

Murojaat va qoʻshimcha maʼlumot uchun telefonlar:
(71) 265-16-38, (98) 880-21-02, (90) 879-00-02

Manzil: Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumani, Intizor koʻchasi, 68-uy.

———
Ички ишлар вазирлиги Академияси таълим сифатини такомиллаштириш мақсадида мавжуд бўш профессор, доцент, катта ўқитувчи ва ўқитувчи лавозимлари учун танлов эълон қилади.

Танловда қуйидагилар иштирок этиши мумкин:
-ҳуқуқшунослик йўналиши бўйича мутахассислар;
-эксперт-криминалистика соҳаси вакиллари;
-психология йўналиши мутахассислари;
-фуқаролик ва юридик олий таълим муассасаларининг магистратура босқичини тамомлаган, илмий даража ва унвонга эга бўлган фуқаролар.


Таклиф этилаётган лавозимларга тегишли соҳада камида 3 йиллик амалий хизмат ёки 5 йиллик педагогик стажга ёхуд тегишли мутахассислик бўйича илмий даражага эга мутахассислар ишга олинади. Талабгорлардан маълумот ва ҳужжатларни расмийлаштириш, шунингдек лавозимга қўйиладиган малака талаблари билан олдиндан танишиб чиқиш сўралади.

Мурожаат ва қўшимча маълумот учун телефонлар:
(71) 265-16-38, (98) 880-21-02, (90) 879-00-02

Манзил: Тошкент шаҳри Мирзо Улуғбек тумани, Интизор кўчаси, 68-уй.


Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
More from @iivuz
  1. Oct 17, 2026Xorazm viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi, Migratsiya va personallashtirish boshqa…
  2. Oct 17, 2026Barmoq izlari orqali shaxsni aniqlash — daktiloskopiya ——— Бармоқ излари орқали шахсни ани…
  3. Oct 17, 2026Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markazi hamda…
  4. Oct 17, 2026🇺🇿Diqqat eʼlon! ✅ 2026-yil 22-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirli…
  5. Oct 17, 2026Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi eh…
  6. Oct 17, 2026Xorazm viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan "Turmush" profilaktik tadbiri doirasida ken…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →