🇺🇿🇰🇷 "Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi" birinchi sammiti arafasida MOXI direktori Javlon Vahobov Seulda bo‘lib o‘tgan, mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada nutq so‘zladi.
U o‘z chiqishida Seulning mintaqaviy yondashuvi uzoq muddatli xususiyatga ega ekanini ta’kidladi: "Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi" hamkorlik formati 2007-yildayoq — mintaqa yetakchilarining hozirgi muntazam uchrashuvlari tizimi shakllanishidan ancha oldin tashkil etilgan edi. Bu vaqt davomida Koreya Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabatlarini ularning mustaqilligi va milliy ustuvorliklarini hurmat qilish asosida yo‘lga qo‘ydi.
Biroq o‘tgan yigirma yil ichida mintaqaning o‘zi ham o‘zgardi. Seuldagi sammit O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2016-yilda boshlangan yaxshi qo‘shnichilik siyosatining o‘n yilligiga to‘g‘ri keldi va endi mutlaqo yangi sharoitlarda o‘tmoqda.
Markaziy Osiyo va Koreya o‘rtasidagi hamkorlikning eng istiqbolli yo‘nalishlari sifatida o‘ta muhim minerallar va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega ishlab chiqarish zanjirlarini yaratish, transport va logistika, raqamli muvofiqlik, rivojlanishga rasmiy yordam, shuningdek, muhandis va texnik kadrlarni tayyorlash belgilandi.
🔗 Batafsil: https://iica.uz/oz/event/javlon-vaxabov-seulda-markaziy-osiyo-uchun-koreya-bilan-hamkorlik-avvalo-strategik-tanlov-imkoniyatlarini-kengaytirish-demakdir
📝📝📝
🇺🇿🇰🇷 В преддверии первого саммита «Центральная Азия – Республика Корея» директор МИЦА Жавлон Вахабов выступил на международной конференции в Сеуле, посвящённой перспективам развития межрегионального сотрудничества.
В своём докладе он отметил долгосрочный характер регионального подхода Сеула: Форум сотрудничества «Центральная Азия – Республика Корея» был инициирован ещё в 2007 году — задолго до формирования нынешней системы регулярных встреч лидеров региона. Всё это время Корея выстраивала отношения со странами Центральной Азии на основе уважения их независимости и национальных приоритетов.
Однако за прошедшие два десятилетия изменился сам регион. Саммит в Сеуле совпал с десятилетием политики добрососедства, запущенной Президентом Узбекистана Шавкатом Мирзиёевым в 2016 году, — и проходит уже в принципиально новых условиях.
В качестве наиболее перспективных направлений взаимодействия между Центральной Азией и Кореей были обозначены критически важные минералы и создание производственных цепочек с высокой добавленной стоимостью, транспорт и логистика, цифровая совместимость, официальная помощь развитию, а также подготовка инженерных и технических кадров.
🔗 Подробнее: https://iica.uz/ru/event/javlon-vaxabov-seulda-markaziy-osiyo-uchun-koreya-bilan-hamkorlik-avvalo-strategik-tanlov-imkoniyatlarini-kengaytirish-demakdir
💬Telegram | 💬Facebook | 💬X | 📷Instagram |🌐LinkedIn |🌐iica.uz
Post #25944
195

- 👍 4
- ⚡ 2
- 🔥 2