TGViewer
MARKAZIY OSIYO XALQARO INSTITUTI MARKAZIY OSIYO XALQARO INSTITUTI @iica_uz · 931 subscribers
Post #25941 191
Yevroosiyo o‘zaro bog‘liqligiga bag‘ishlangan sessiyada so‘zga chiqqan Crossroads Central Asia (Qirg‘iziston) hammuassisi va ijrochi direktori Shairbek Jo‘rayev O‘rta yo‘lakni alohida transport loyihasi sifatida emas, balki ichki mintaqaviy bog‘liqlikni mustahkamlash bilan Markaziy Osiyoning global transport infratuzilmasiga integratsiyalashuvini o‘zida birlashtiruvchi kengroq jarayonning bir qismi sifatida ko‘rib chiqishni taklif qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2016-yildan keyin bevosita mintaqaning o‘zida yuz bergan o‘zgarishlar, birinchi navbatda, davlat rahbarlari o‘rtasidagi aloqalarning faollashuvi va yuklar harakatining soddalashtirilishi bu harakatga asos bo‘ldi. Xitoyning muqobil yo‘nalishlarga qiziqishi va Yevropa Ittifoqining Transkaspiy yo‘lagini qo‘llab-quvvatlashi tashqi rag‘bat vazifasini o‘tadi.

"Markaziy Osiyo uchun hozirgi bosqichda ichki aloqalarni rivojlantirish va tashqi bozorlarga chiqish yo‘llarini diversifikatsiya qilish orqali o‘zining geografik joylashuvini barqaror ustunlikka aylantirishga e’tibor qaratish muhim," – deya ta’kidladi ekspert.


💬💬💬

Выступая на сессии, посвящённой евразийской взаимосвязанности, сооснователь и исполнительный директор Crossroads Central Asia (Кыргызстан) Шаирбек Джураев предложил рассматривать Средний коридор не как отдельный транспортный проект, а как часть более широкого процесса, объединяющего укрепление внутрирегиональной связанности с интеграцией Центральной Азии в глобальную транспортную инфраструктуру.

Опорой этому движению, по его словам, послужили перемены внутри самого региона после 2016 г., прежде всего активизация контактов между лидерами государств и упрощение перемещения грузов. Внешним стимулом стали заинтересованность Китая в альтернативных маршрутах и поддержка Европейским союзом Транскаспийского коридора.

«Для Центральной Азии на данном этапе важно сосредоточиться на том, чтобы превратить своё географическое положение в устойчивое преимущество, развивая внутренние связи и диверсифицируя выходы на внешние рынки», – подчеркнул эксперт.

💬Telegram | 💬Facebook | 💬X | 📷Instagram |🌐LinkedIn |🌐iica.uz
More from @iica_uz
  1. Sep 20, 2026🕌 «Markaziy Osiyo – Buyuk Britaniya» tahliliy markazlari forumi o‘z ishini yakunlagach, i…
  2. Sep 19, 2026Post #25954
  3. Sep 18, 2026🇺🇿🇰🇷 Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI) yetakchi ilmiy xodimi Nodir Abdusattorov…
  4. Sep 18, 2026🇺🇿🇰🇷 Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI) bosh ilmiy xodimi Nozimaxon Mansurova O‘z…
  5. Sep 18, 2026Post #25951
  6. Sep 17, 2026Post #25950
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →