TGViewer
Toshkent shahar IIBB | Rasmiy kanal Toshkent shahar IIBB | Rasmiy kanal @iibbuz · 31.8K subscribers
Post #49740 2.5K
🔹 Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishlari bo‘yicha tergovning qonuniyligi va sifati ustidan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganishda Toshkent shahar prokurori v.v.b. A.A.Urmanov va shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari D.M.Mirsadikov ishtirokida Tergov boshqarmasi hamda hududiy tergov bo‘limlaridagi jinoyat ishi tanqidiy muhokama qilindi.

Muhokama jarayonida murojaat mualliflarining keltirgan vaj va e’tirozlari, tergov harakatlarining to‘liqligi, dalillarga huquqiy baho berilganligi hamda protsessual muddatlarga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, har bir vajni to‘liq va xolisona tekshirish, tergovni sifatli tashkil etish hamda qonuniy protsessual qarorlar qabul qilish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

———
🔹 Тошкент шаҳар прокуратураси томонидан жиноят ишлари бўйича терговнинг қонунийлиги ва сифати устидан назорат тадбирлари давом эттирилмоқда.

Навбатдаги ўрганишда Тошкент шаҳар прокурори в.в.б. А.А.Урманов ва шаҳар ИИББ бошлиғи ўринбосари Д.М.Мирсадиков иштирокида Тергов бошқармаси ҳамда ҳудудий тергов бўлимларидаги жиноят иши танқидий муҳокама қилинди.

Муҳокама жараёнида мурожаат муаллифларининг келтирган важ ва эътирозлари, тергов ҳаракатларининг тўлиқлиги, далилларга ҳуқуқий баҳо берилганлиги ҳамда процессуал муддатларга риоя этилишига алоҳида эътибор қаратилди.

Аниқланган камчиликларни бартараф этиш, ҳар бир важни тўлиқ ва холисона текшириш, терговни сифатли ташкил этиш ҳамда қонуний процессуал қарорлар қабул қилиш юзасидан масъулларга тегишли кўрсатмалар берилди.


© Тошкент шаҳар прокуратураси | Расмий канал!

💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK
📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 Threads 📲 WhatsApp
  • 👍 6
  • ❤ 2
  • 🫡 2
  • 🔥 1
  • 👌 1
More from @iibbuz
  1. Oct 18, 2026#surdo_tarjima 👉 Toshkent shahar IIBB Ekspert kriminalistika markazining pullik xizmati h…
  2. Oct 18, 2026👉 Rasmiy ma’lumot Ijtimoiy tarmoqlarda bir fuqaroning jamoat joyida og‘zaki janjal qilayo…
  3. Oct 18, 2026#surdo_tarjima 👉 “Sintetik narkotiklar: o‘limga eltuvchi yo‘l” ——— 👉 “Синтетик наркотикл…
  4. Oct 18, 2026Post #49739
  5. Oct 18, 2026🇺🇿 "Navbatchilik qismi" ko‘rsatuvining navbatdagi soni ▪️ Birgina xato barcha jamg'armal…
  6. Oct 18, 2026🇺🇿 Toshkent shahar IIBBda 9 oylik faoliyat sarhisob qilinib, kelgusi vazifalar belgilab…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →