TGViewer
Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti @ibratnamdchti · 4.72K subscribers
Post #41343 1.73K
TALABALAR XAVFSIZLIGI VA FAROVONLIGI — DOIMIY E’TIBORDA

🏛 Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti rektori R.Karimov hamda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor X.Nishonov tomonidan Namangan shahri Davlatobod tumani, Orzu MFY hududida ijara asosida istiqomat qilayotgan Til va tarjima fakulteti talabalari holidan xabar olindi.

Tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari, ularga yaratilgan qulayliklar va maishiy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishilib, talabalar bilan samimiy suhbat tashkil etildi. Muloqot jarayonida yoshlarning ta’lim olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi, xavfsizligi hamda mavjud muammolarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi.

🏘 Shuningdek, ijara xonadonlari joylashgan ko‘p qavatli uylarning xavfsizlik tizimi ham ko‘zdan kechirildi. Xususan, hududlarda kuzatuv kameralari o‘rnatilgani, har bir uy kirish qismida (padezdalarda) favqulodda vaziyatlar uchun xavf tugmalari mavjudligi talabalarning xavfsiz va osoyishta muhitda istiqomat qilayotganidan dalolat berishi ta’kidlandi.

🛡 Talabalar istiqomat qilayotgan hududlarning xavfsizlik infratuzilmasi, mahalla va oliy ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik yoshlarning hayoti va salomatligini himoya qilish, ular uchun munosib sharoit yaratishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

🌱 Talaba manfaati, uning xavfsizligi va farovon hayoti — doimo e’tibor markazida!

👍Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

| Telegram | Veb-sayt| Facebook |Instagram | YouTube
  • ❤ 7
More from @ibratnamdchti
  1. Oct 11, 2026“Mening o‘rnimga natijalarim gapirsin” — Shamsiddin Vohidovning g‘alaba formulasi Xalqaro…
  2. Oct 11, 2026#Dayjest | #Talabalar_xavfsizligi Talabalar doimiy e’tiborda! Respublikamizdagi oliy ta’li…
  3. Oct 10, 2026#Dayjest #Milliy_qadriyatlar #Milliy_libos Talabalar milliy urf-odat va qadriyatlarni targ…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →