Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash hamda oilalari farovonligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ana shunday ezgu tashabbuslardan biri Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB xodimi, safdor Malikov Hoshimjon Abduxofiz o‘g‘lining yashash xonadonida amalga oshirildi.
YHXB rahbariyatining tashabbusi bilan xodimning yashash xonadoni qayta qurilib, zamonaviy talablar asosida ta’mirlash ishlari olib borildi. Xonadonning yashash uchun qulay va shinam sharoitga keltirilishi xodim va uning oila a’zolari uchun katta quvonch bo‘ldi.
Mazkur ishlarning asosiy maqsadi — xizmat vazifalarini sidqidildan bajarib kelayotgan xodimni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, uning yashash sharoitlarini yaxshilash va oilasiga munosib sharoit yaratishdan iborat.
Ta’kidlash joizki, ichki ishlar organlari tizimida xodimlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularning muammolarini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Zero, xodim o‘zining va oilasining ijtimoiy himoyalanganini his qilgan holda xizmat vazifalarini yanada mas’uliyat va fidoyilik bilan bajaradi.
Bunday ezgu tashabbuslar xodimlarga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning yorqin namunasi bo‘lib, ichki ishlar organlarida inson qadri, xodim manfaatlari va uning oilasi farovonligi ustuvor ekanini yana bir bor namoyon etadi.
Xodimga ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor — uning xizmatiga berilgan yuksak baho, oilasiga esa amaliy ko‘mak va g‘amxo‘rlik ifodasidir.
———
👮 Mening Inspektorim Ilovani yuklab olish:
👉 Google Play orqali yuklash
👉 App Store orqali yuklash
Telegram | Website | Facebook | Youtube |Instagram|TV







