Men bozorda Python dasturchilar ko'p deb o'ylar edim. 1 oyga yaqin vaqt bo'ldi, hali ham o'zimizga mos keladigan nomzod topa olmayapmiz. Juda ko'pchiliklarda faqat tajriba borligini ko'rdim, lekin o'z ustida ishlash va qo'shimcha bilimlarni olishga intilish sezmadim. Ha, kelgan nomzodlar bo'ldi, lekin juda kam.
Buni sababi odamlarni komfortga tushib qolishi deb o'ylayman, oylik yaxshi, resurs katta lekin o'sish xohishi yo'q.
Shu sababli bo'lsa kerak 5 yildan beri faqat o'zbekistonda ishlab, chet el kompaniyalariga ham harakat qilmaganlarni ko'rdim.
Hatto rezyumelarni to'g'ri yoza olmaydiganlar ham bor, o'z ustida ishlagan odam rezyumeni qanday to'ldirishni biladi deb o'ylayman va bunga guvoh bo'lyapman ham.
Biz qidirayotgan nomzod bozorda bor deb o'ylayman, lekin yoki kam yoki biz topa olmayapmiz. Agar sizni tanishingiz Strong Middle/Senior Python dasturchi bo'lsa iltimos, ularga bizni taklifimizni berib ko'ring. Bizda hozir katta eko tizim qurilmoqda, va hech qanday zerikib qolish bo'lmaydi)
Post #556
964
- ⚡ 7
- 👎 5
- 💯 1