🗣 Telegram Ads’da kichik, lekin foydali yangilik
Bir necha kun oldin ayrim reklamalar rad etilganda @AdSupport akkaunti chiqayotganini ko‘rdik
😎 Endi reklamangiz moderatsiyadan o‘tmasa, @AdSupport orqali Telegram Ads support’iga yozib, rad etilish sababi bo‘yicha murojaat qilishingiz mumkin
Bu yangilikni darrov ulashmadik — avval o‘zimiz tekshirib ko‘rmoqchi bo‘ldik
Dastlab yozganimizda javob kelmagan edi. Hozir yana test qildik — support javob beryapti ✅
@AdSupport TON (Gram) va EUR kabinetlarda ham ko‘rinyapti. Lekin hozircha barcha rad etilgan reklamalarda va barcha reklama turlarida chiqmayapti
Moderatsiya bilan muammo bo‘lsa, @AdSupport ga yozib ko‘rishingiz mumkin
Post #241
972
