— Aziz Rahimov bir podcastda shu gapni aytib qoldi.
Ya'ni xususiy maktablarini marketing qilishni o'rniga e'lon qilishga o'tishyapti ekan.
Sababi ham tushuntirib ketildi:
Marketing qilishda mahsulotni jozibador qilib ko'rsatiladi va ba'zida jozibadorligini ko'rsatish uchun yolg'on ishlatib marketing qilganingizni sezmay ham qolasiz.
Statistikaga ko'ra 60% mahsulotlarni mijozlar olganidan keyin o'zini aldangandek his qilar ekan.
Buni sababi mijozlar reklamada ko'rgan va kutgan narsasini olishmaydi katta ehtimol.
Marketingda jozibadorlikni ko'rsatish uchun xohlaysizmi yo'qmi ozgina bo'lsa ham yolg'on ishlatib qo'yishingiz mumkin ekan.
E'londa esa borini ko'rsatiladi.
Kerak bo'lsa boridan kamroq ham.
Ya'ni kutuvlarni siz bera oladigandan ozroq berasiz yoki oshiqcha kutuv bermaysiz. Lekin mahsulot kutuvdagidan yaxshiroq bo'ladi.
Mijozga kutganidan ko'proq qiymat berilsa qanday bo'ladi?
Qanchalik mamnun bo'ladi?
Bu qayta sotuvlar va tavsiyalar sonini oshishiga sabab bo'ladimi?
Mahsulotingiz yaxshi bo'lsa katta ehtimol e'lon formati sizga zararga ishlamaydi.
Yaxshi insayt bo'ldi, sizlar bilan ulashgim keldi.