#Maqola_2026 #Fiqh
📔ILM OLISHDAN OLDIN IBODAT FIQHINI O‘RGANISHNING AHAMIYATI
Islom dini inson hayotining barcha jabhalarini tartibga soluvchi mukammal dindir. U insonni faqatgina e’tiqodga chaqirib qolmay, balki ibodat, muomala, axloq va kundalik hayotda qanday yo‘l tutish kerakligini ham bayon qiladi. Shariat hukmlarini bilish musulmon kishining Alloh taologa to‘g‘ri ibodat qilishi va Uning roziligiga erishishida muhim o‘rin tutadi.
Shu sababli Islomda zarur diniy bilimlarni o‘rganishga katta e’tibor berilgan. Xususan, tahorat, namoz, ro‘za, zakot va boshqa ibodatlarga oid hukmlarni bilish har bir musulmon uchun o‘z holatiga qarab zarur bo‘ladi. Hanafiy mazhabi ulamolari ham inson zimmasiga vojib bo‘lgan ilmni o‘rganish masalasini alohida ta’kidlaganlar.
1. ILM OLISHNING QUR’ONI KARIMDAGI O‘RNI
Alloh taolo Qur’oni karimda marhamat qiladi:
قُلْ هَلْ يَسْتَوِي الَّذِينَ يَعْلَمُونَ وَالَّذِينَ لَا يَعْلَمُونَ ۗ إِنَّمَا يَتَذَكَّرُ أُولُو الْأَلْبَابِ
«Ayting: Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo‘lurmi? Albatta, faqat aql egalari eslatma olurlar». (Zumar surasi, 9-oyat)
Ushbu oyat ilmning fazilatini va ilmli kishi bilan ilmsiz kishining bir xil emasligini ko‘rsatadi. Biroq diniy ilmning maqsadi shunchaki ma’lumot to‘plash emas, balki o‘rganilgan bilim asosida to‘g‘ri amal qilishdir... - Muhiddinov Abdulaziz, Ta’lim muassasasi talabasi
💬батафсил... https://hidoya.uz/uz/news/2657
🔗 t.me/hidoyauz – диний-маърифий канал!
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатиб боринг:👇
📱Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📱Youtube
Post #27170
355

- 🔥 1