#FAQ
Siz so‘radingiz, biz javob berdik ✅Ushbu postda ko’p so‘ralgan savollarga javob beramiz:
1. 18 yoshdan kichikman, topshirsam bo’ladimi?
Javob: Urinib ko‘rsangiz bo‘ladi, qabul qilinishingiz mumkin.
2. Camp pullikmi?, Yotoqxona, ovqatlarchi?
Javob: Camp to’liq bepul hisoblanadi. Yotoqxona va mazzali ovqatlar bilan ta’minlanasiz
3. Viloyatdan kelish xarajatimizni ham qoplab berishadimi?
Javob: Afsuski, yo’q. Toshkentgacha yetib kelish xarajatlarini shaxsan o’zingiz qoplashingiz kerak bo’ladi.
4. Jamoa bilan emas, bir kishi topshirsa bo’ladimi?
Javob: Yo’q. Ikki kishidan iborat jamoa shaklida topshirishingiz kerak: founder & programmer.
5. Formani ingliz tilida to’ldirishimiz shartmi?
Javob: Xohlasangiz, o’zbekchada to‘ldirsangiz bo‘ladi.
6. Ingliz tilini bilishimiz shartmi?
Javob: Bilsangiz yaxshi, bilmasangiz ham topshirsangiz bo‘ladi.
7. Natijalar qachon chiqariladi?
Javob: Qabul tugashi bilan, saralash boshlanadi, intervyu jarayoni tugagach, natijalar bir necha kun oralig‘ida e’lon qilinadi.
8. MVP nima?
Javob: MVP - (Minimum Viable Product) g’oyangiz yechayotgan muammoni asosiy muhim xususiyatlari ishlab turgan modeli. MVP web-site yoki mobil ilova ko’rinishida ham bo’lishi mumkin
9. MVP boʻlishi shartmi?
Javob: Ha, kamida MVP darajada bo’lishi kerak.
10. Saralash nechta bosqichdan iborat?
Javob: 2 bosqichdan: ro’yxatdan o‘tish va intervyu jarayoni.
11. Men loyihaga taqdim etgan shaxsiy maʼlumotlarim va MVP gʻoyam sir saqlanishi, boshqa maqsadlarda ishlatilmasligi kafolatlanadimi?
Javob: Siz taqdim etgan shaxsiy maʼlumotlar hamda loyiha gʻoyasi (shu jumladan MVP) maxfiyligi toʻliq taʼminlanadi va arizachilar orasidan talablarga mos ishtirokchilarni saralab olish uchungina mutaxassislarimiz tomonidan baholanadi.
Bu kafolat Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi (2019-yil 2-iyul, OʻRQ-547-son) qonunning 27-moddasiga asosan kafolatlanadi. hamda boshqa tegishli qonunchilik hujjatlariga muvofiq taʼminlanadi.
Shuningdek, loyiha gʻoyalari intellektual mulk ob’ekti sifatida himoya qilinadi va noqonuniy ishlatilishiga, oʻgirlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bu Oʻzbekiston Respublikasining “Intellektual mulk toʻgʻrisida”gi qonunlari asosida kafolatlanadi.
Sizning ishonchingiz va maʼlumotlaringiz xavfsizligini taʼminlash biz uchun muhim ahamiyatga ega.
Yana qanday savollaringiz bor? Izohlarda yozib qoldiring 👇
📷
Instagram | 🚀
Telegram