2026-yil 13-oktyabr kuni Guliston davlat universiteti Tibbiyot fakultetida “Besh tashabbus” doirasida talabalar o‘rtasida futbol musobaqasiga start berildi. Ikkinchi kuni yakunlandi
Mazkur musobaqa talaba-yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratildi. Musobaqa davomida jamoalar o‘zaro kuch sinashib, maydonda chaqqonlik, mahorat va jamoaviy hamkorlikni namoyish etdilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvlar talabalarda sportga bo‘lgan intilishni kuchaytirish, do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
🏆 Musobaqa yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar quyidagicha aniqlandi:
🥇 1-o‘rin — 128-26-guruh
🥈 2-o‘rin — 109-26-guruh
🥉 3-o‘rin — 136-26-guruh
Mazkur sport tadbiri yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, ularni muntazam sport bilan shug‘ullanishga rag‘batlantirish hamda universitetda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.






