#talabalar_hayoti
TALABALARNING IJARA XONADONLARIDAGI YASHASH SHAROITLARI O‘RGANILDI
2026-yil 12-oktabr kuni Guliston davlat universiteti Axborot texnologiyalari va fizika-matematika fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari B. Kuziyev va mas’ullar tomonidan ijara asosida yashayotgan talabalarning xonadonlaridagi yashash sharoitlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida talabalarning yashash sharoitlari, sanitariya-gigiyena holati, elektr va gaz jihozlaridan xavfsiz foydalanish qoidalariga rioya etilishi hamda ularning kundalik hayoti bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, talabalarga ijara xonadonlarida xavfsizlik qoidalariga amal qilish, yashash joyini ozoda saqlash va o‘z salomatliklariga e’tiborli bo‘lish yuzasidan tavsiyalar berildi.
@gulduuz
Post #48565
573




