🧠 “ZAKOVAT” — BILIMDONLAR BAHSLARI DAVOM ETMOQDA!
📅 2026-yil 9-oktabr kuni Axborot texnologiyalari va fizika-matematika fakultetida “Zakovat” intellektual o‘yinlarining 3-tur bahslari bo‘lib o‘tdi.
🎯 Bellashuv davomida ishtirokchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, tezkorlik va zukkoliklarini namoyon etdilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar davomida jamoalar berilgan savollarga javob topish, o‘zaro hamkorlikda fikrlash va bilimlarini sinovdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘ldilar.
✨ “Zakovat” — bu nafaqat bilimlar bellashuvi, balki yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ilmga bo‘lgan qiziqishini yanada mustahkamlash maydonidir.
👏 Barcha ishtirokchilarga faol qatnashganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz va kelgusi bahslarda omad tilaymiz!
Post #48462
862








