GULDPIDA O‘ZBEK TILI BAYRAMI KENG NISHONLANMOQDA!
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda ona tilimizning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni, milliy o‘zligimizni anglash, tarixiy xotiramizni asrash hamda yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdagi beqiyos ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, o‘zbek tilining sofligini saqlash, uning nufuzini yanada oshirish, adabiy til me’yorlariga rioya qilish va yoshlar orasida yuksak nutq madaniyatini shakllantirish masalalariga e’tibor qaratildi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
⠀⠀
Bizning sahifalarimiz:
🌐http://www.gspi.uz
📝Telegram 💻Instagram
🎞Youtube 📝Facebook
Post #34437
1.21K









- ❤ 3
- ❤🔥 1
- 🔥 1