➖Ta’lim sifati, yoshlarimiz kelajagi va mamlakatimiz taraqqiyotiga befarq bo‘lmagan soha mutaxassislari, pedagoglar hamda ota-onalar diqqatiga!
✅Bugundan boshlab umumiy o‘rta ta’limning takomillashtirilgan Davlat ta’lim standartlari hamda o‘quv dasturlari loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilganini ma'lum qilamiz.
🗣 Jamoatchilik muhokamasi 15 kun davom etadi. Shu vaqt mobaynida https://dts.rtmuzedu.uz/ platformasi orqali o‘z fikr-mulohazalaringiz, taklif va tavsiyalaringizni bildirishingiz mumkin.
🔻Xalqaro tajribalar asosida yetakchi mahalliy hamda xalqaro ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan ushbu hujjatlar mazmunini yanada boyitishda sizning takliflaringiz muhim o‘rin tutadi.
🔴Har bir asosli fikr biz uchun muhim! Ta’lim mazmunini birgalikda shakllantirish, farzandlarimiz uchun zamonaviy, sifatli va inklyuziv ta’lim muhitini yaratishga o‘z hissangizni qo‘shing!
💬Asosiy maqsad – yangi avlodni tez o‘zgarayotgan zamonga mos, raqobatbardosh, bilimli va zamonaviy ko‘nikmalarga ega shaxs sifatida tarbiyalashdir.
👍 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating!
🌐 Veb-sayt ✈️ Telegram 👥 Facebook 📺 Youtube 📹 Instagram