TGViewer
GrantGO GrantGO @grantgouz · 48K subscribers
Post #9751 6.92K
🇨🇦📣 Kanadaning TRU universiteti bilan seminar

Thompson Rivers University (TRU) Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi shtatidagi yetakchi davlat universitetlaridan biridir. TRUda dunyoning 100 dan ortiq mamlakatidan kelgan 3 000 dan ziyod xorijiy talaba tahsil oladi.

Universitet biznes va iqtisodiyot, pedagogika, huquq, informatika, ekologiya fanlari, tibbiyot hamda muhandislik yo’nalishlari bo'yicha dasturlarni taklif etadi. Dasturlarning aksariyatida Co-op imkoniyati mavjud: bu o’qishni pullik amaliyot bilan uyg’unlashtirish dasturidir. Bitirgandan so’ng talabalar PGWP (Post-Graduation Work Permit), ya’ni Kanadada bitiruvchilar uchun ish vizasi uchun ariza topshirish huquqiga ega bo'ladi.

TRUda yoki umuman Kanadada 🇨🇦 o'qishga qiziqqan talabalarni ushbu seminarimizga taklif qilamiz.

Seminar vaqti va manzil
🗓 9-oktabr (juma)
⏰ 12:00-13:00
📍 Globstudy ofisi, Toshkent

📌 Ro’yxatdan o’tish
Joylar soni atigi 8 ta. O’z o’riningizni band qilish uchun hoziroq ism va familiyangizni va telefon raqamingizni @globstudy_admin ga yuboring.

#Reklama
  • ❤ 12
  • 🤩 3
  • 👍 2
More from @grantgouz
  1. Oct 9, 2026🇨🇦Kanadada bakalavr bosqichi uchun to’liq grant - Lester B.Pearson International Scholar…
  2. Oct 9, 2026🇨🇳Xitoyda 14 kunlik to’liq moliyalashtiriladigan qishki oromgoh — USTC International Win…
  3. Oct 8, 2026Xorijda tahsil olishni rejalashtirganlar uchun foydali 5 ta manba Bugun e’tiboringizga xor…
  4. Oct 8, 2026🇺🇸🇺🇿YPIP: AQSh elchixonasidan biznes ko'nikmalarini rivojlantirish uchun bepul seminar…
  5. Oct 7, 2026🇮🇹Italiyada magistratura uchun to'liq moliyalashtiriladigan grant — Alta Scuola Politecn…
  6. Oct 6, 2026Qabul ochildi 🤩 🇺🇸FLEX: AQShda to’liq moliyalashtirilgan holda o’qish imkoniyati Moliya…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →