TGViewer
Dilmurod Yangiboev | DYDO :) Dilmurod Yangiboev | DYDO :) @golang_dells · 1.32K subscribers
Post #943 1.4K

Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi

Tasavvur qiling: siz o'zbek venchur fondisiz va chet el startapiga pul tikmoqchisiz. Hozirgi qonunchilikda bu taqiqlangan. Umuman, ixtiyoriy o'zbek jismoniy shaxsi yoki korxonasining chet el korxonasiga pul tikishi taqiqlangan. Yaqinda Higgsfield kompaniyasining qiymati 5,4 milliard dollarga baholandi. Bilasiz, uning dastlabki investorlarining ko'pchiligi qozog'istonliklar edi. Lekin Higgsfield o'zbek fondlaridan ham pul olmoqchi bo'lgan. O'shanda bizning fondlar investitsiya qilishni xohlagan bo'lsa-da, qila olmadi. Agar qilishganida, tikkan pullarini bir necha barobar qilib qaytarib olishgan bo'lardi.

Lekin siz aytishingiz mumkin: to'xtang, yangiliklarda chiqadi-ku, har xil o'zbek venchur fondlari chet el korxonalarini moliyalashtirgani haqida. Bu —negativ selektsiya. Qaysi chet el korxonalariga o'zbek investorlari qonuniy yo'l bilan pul tika oladi? Faqat O'zbekistonda sho'ba korxona ocha oladiganiga. Haqiqiy katta ambitsiyali korxona esa faqat pul olish uchun O'zbekistonda bunday filial ochmaydi. Demak, chetda pul topa olmagan korxonagina o'zbek fondlaridan pul olishga rozi bo'ladi. Chunki sho'ba korxona ochish ham mushkul ish va keyingi raundlar uchun savollar tug'diradi. Ambitsiyasi bor tadbirkor bu yo'ldan yurmaydi.

Xullas, nima demoqchiman: hukumat va Markaziy bank venchurni rivojlantirishga anchadan beri aralashib kelmoqda. Davlat banklari venchur fond ochishga majbur qilindi, IT Park Ventures kabi ko'plab kerak, kerak emas tuzilmalar ham mavjud, umuman, soha rivoji bo'yicha katta marralar ko'zlangan, topshiriqlar berilgan, bajarilishi va'da qilingan. Hammasi tabiiyki soliqto'lovchilar hisobidan. Lekin eng muhim element: bu jarayon legallashtirilmagan. Kvaziqonuniy va kulrang bo'lib qolib ketgan. Hatto chet el bozorida ishlamoqchi bo'lgan, katta ambitsiyalik o'zbek korxonasi ham qonuniy ravishda pul ola olmaydi mahalliy fondlardan.

Umuman, kapitalga qo'yilgan bu cheklovlarni qayta ko'rib chiqish kerak. Nima uchun o'zbekistonlik shaxslar, o'zbek fondlari va korxonalari chet elga pul chiqara olmaydi? Bu jarayon erkinlashmasligiga sabab ko'rmayapman. Venchur aysbergning uchi xolos. Venchur misolini berishdan maqsadim shuni ko'rsatish ediki, davlat o'zi boshlagan, subsidiyalashtirgan va katta bo'lishini xohlagan sohada ham legal o'yin qoidalarini yengillashtirmadi. Natijada salbiy selektsiyaga mahkum bo'lib qolyapmiz.

Xuddi shunday, ko'p boshqa sohalarda ham, davlat o'yin qoidalarini belgilab aralashmasligi kerak. Bizda esa venchur kabi, o'yin qoidalari aniq belgilanmagan, lekin davlat asosiy o'yinchi. Moliya sohasi buni yaqqol misoli. Kichik misoli esa venchur va o'rta osiyo tarixidagi eng katta korxonlardan biri - Higgsfieldni asoschisi O'zbekistonlik bo'lishiga qaramasdan, O'zbek fondlari bu narsadan qonuniy ravishda foydlana olib pul tika olishmagani, albatta achinarli.
  • 👍 4
  • 🔥 3
  • ❤ 1
More from @golang_dells
  1. Sep 27, 2026⚡️O’zbekiston – ikki karra Butunjahon shaxmat olimpiadasi g’olibi!!!
  2. Sep 25, 2026Highly recommend video to watch!
  3. Sep 24, 2026Higgsfield AI 🧩 💪
  4. Sep 22, 2026The race for AGI
  5. Sep 22, 2026Tesla standard: 34k € ~=38.8k $ Germaniyada :)
  6. Sep 22, 2026Teslalarni egalariga yetkazib beryapmiz! 😊
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →