Dasturlash sohasini mustaqil oʻrganish yoki kurslarda oʻrganish
Dasturlash muxlislari bugun sizlar bilan mustaqil ilm oʻrganish va kurslarda ilm oʻrganishning afzalliklari va kamchiliklari haqida gaplashamiz.
🔹 “Self-study” afzalliklari:
- qulay jadval;
- oʻquv dasturini oʻzingiz yaratasiz;
- mustaqil oʻrganish deyarli bepul.
🔸 “Self-study” kamchiliklari:
- dangasalik;
- koʻpchilik mustaqil oʻrganuvchilar bir necha haftadan soʻng murakkabligi va motivatsiya yoʻqligidan oʻrganishni toʻxtatib qoʻyadi;
- ustoz yetishmasligi.
🔹 Kurslarning afzalliklari:
- kurslarda mutaxassislar tomonidan tuzilgan ishonchli va aniq dastur asosida darslar oʻtiladi;
- kurslarda dangasa boʻlolmaysiz. Kurslarda har doim aniq “deadline”lar bor, ular orqali kerakli dasturni oʻzlashtirishingiz uchun vaqt belgilanadi.
🔸 Kurslarning kamchiliklari:
- yo'l tashvishlari sababli vaqtning isrof bo'lishi;
- qat'iy belgilangan dars jadvali;
- qolipga tushib qolish.
🤔 Siz qaysi taʼlim olish turini tanlaysiz? Fikrlaringizni albatta izohlarda qoldiring!
Post #365
3.08K