🛏 Tongda uygʻonishni osonlashtiruvchi tavsiyalar!
😊 Dasturlashdan chetga chiqmagan holda, biroz biz uchun manfaatli boʻladigan foydali maslahat haqida gaplashsak.
Bugun sizlar bilan qanday qilib vaqtli uygʻonishning usullari bilan boʻlishishga qaror qildik.
💎 Agar barvaqt turishni istasangiz quyidagi maslahatlarga amal qiling:
1. Uyqu oldidan koʻk nurlarni cheklang;
2. Uyqugacha boʻlgan vaqtni sokin, koʻk chiroqsiz va osoyishta oʻtkazing. Ertalab soat 5 da uygʻonish uchun siz gadjetlarni kechki soat 7 yoki 8 gacha oʻchirishingiz kerak;
3. Smartfoningizdan yangiliklarni oʻqish va televizor koʻrishni kitob oʻqish bilan almashtiring;
4. Tongda biroz piyoda yuring, kofengizni quyosh nurlari ostida iching;
5. Ish kunlari ertalab soat 5 da, dam olish kunlari ertalab soat 9 da uygʻonishni odat qilmang. Dam olish kunlaridagi uyqu rejimga taʼsir koʻrsatadi.
6. Va nihoyat, sabr-toqat.
Bir necha kun mobaynida siz uygʻonishdan oldin oʻzingizda charchoq sezishingiz mumkin, lekin maʼlum vaqt barqaror uyqu rejimidan soʻng, sizga budilnik umuman kerak boʻlmaydi.
🎯 Unutmang, uyquning soati emas, sifati muhim. Agar siz ham shu kabi tavsiyalarni bilsangiz javoblaringizni albatta izohlarda qoldiring.
Post #360
3.52K