Nega dasturchilardan algoritmni bilish talab etiladi?
🧩 Algoritm miyani mashq qilishning eng yaxshi usuli. Kundalik hayotda ham biz algoritmlardan foydalanamiz. Algoritm sizning fikringizni tartibga soladi, fikrlaringizni ifoda etishga va murakkab muammolarni samarali yechimini topishga yordam beradi.
👨🏻💻 Dasturchining vazifasi dasturning tezligi, sarflanadigan xotira hajmi, amalga oshirilish qulayligi va iqtisodiy samaradorlikni hisobga olgan holda muammolarni eng samarali yechimidan foydalanishdir.
💪Suhbatlarga tayyor boʻlish. Yirik IT kompaniyalarda (Facebook, Amazon Google va boshqalar) developerlar suhbatdan o'tishi uchun majburiy bosqich ularning algoritmlar haqidagi bilimlarini sinab koʻrishdir. Ushbu qadam ish beruvchilarga gʻoyani kodga tezda kiritish qobiliyatini sinab koʻrishga yordam beradi.
Algoritmlar IT mutaxassisi uchun asosiy mahoratdir!
Instagram | Tik Tok | You Tube | Telegram
Post #229
4.28K
