Nima uchun Rossiyada IT mutaxassislariga talab va ularning maoshlari keskin oshib ketdi?
☝🏻 2021 yil boshida IT mehnat bozorida talab va takliflar keskin oshib ketdi. Pandemiya tufayli korxonalar online tizimda ish boshlashdi. Buning natijasida mobile developerlar, web developerlar,maʼlumotlar tahlilchilari va internet-marketologlariga boʻlgan talab oshdi. Mutaxassis talabiga mos ravishda maosh toʻlovchi korxonalar soni koʻpaydi.
Barkova agentligi birga ish olib boruvchi Banklardan biri birmuncha vaqt oldin juda kam uchraydigan IT mutaxassisini izlashni toʻxtatgani hamda nomzod 460 ming rubl (5982 USD) miqdorida maosh soʻragani maʼlum boʻldi. Barkovaning aytishicha, bu bankning baʼzi top-menejerlari maoshidan ham ortib ketgan.
🤔 Bozor qanday oʻzgardi? Kadrlar bozori pandemiyadan oldin ham tanqis edi, shuning uchun koʻpchilik kompaniyalar oʻz biznes jarayonlarini onlayn tarzda davom etganda yoki noldan onlayn biznes qurishni boshlaganda ularga kadrlar yetishmadi. Shu oʻrinda biznes IT mutaxassislarni jalb qilinishi natijasida keng miqyosda oʻsishni boshladi.
💡Bugungi kunda IT mutaxassislar nafaqat texnologik kompaniyalar, balki barchaga kerak, shuning uchun developerlarga boʻlgan talab, taklifdan yuqori.
IT kadrlarning online ishlashga oʻtishi butun dunyo boʻyicha oyliklarning oshishiga olib keldi. Bu oʻzgarishlarni Oʻzbekistonga ham oʻz taʼsiri bor.
batafsil o'qish
| You tube | Instagram | Tik Tok | Telegram
Post #224
5.19K