Junior, Middle va Senior dasturchilari o'rtasidagi farq
🧩 Junior 0,5-1,5 yillik amaliy tajriba.
Juniorning asosiy belgisi qo'yilgan masalani mustaqil yoki middle dasturchi yordamida xal qila oladi.
Siz tushunganingizdek, bizning bitiruvchilarimiz to'g'ridan-to'g'ri Junior developer sifatida ishga joylashish uchun borishadi.
🔸 Middle 1-3 yil tajriba. Loyihalarni mustaqil ravishda qanday amalga oshirishni biladi. Texnik topshiriqlarni ishonchli bajaradi. Xatolar bor, lekin muammo nimada ekanligini tezda anglaydi.
🔹 Senior 4-6 yillik tajriba. Ishonchli mutaxassis. Uning vaqti qadrlanadi, Junior va Middle uchun ustoz. Ingliz tilini yaxshi biladi va dasturlashning turli sohalarida texnik ko'nikmalarga ega. O'zining kompaniyasi ishlaydigan bozor talablarini tushunadi.
💎 Lead 6 yildan ortiq tajriba. Lead jarayonni amalga oshirmaydi, lekin jarayonning sifati uchun javobgardir. Boshqarish qobiliyatiga ega. Jamoa, ularning kayfiyati, inson va moliyaviy resurslarni optimallashtirish va loyihani amalga oshirish muddati uchun javobgardir.
🎯 GITA dasturchilar akademiyasida 6 yildan ortiq tajribaga ega bo'lgan o'qituvchilarimizdan tahsil olishni istaysizmi?
Agar sizda dasturlashga qiziqish va xohish bo'lsa ikkilanmang. Hozir qilgan qaroringiz kelajagingizga o'z ta'sirini o'tkazmasdan qolmaydi.
👨🏻💻 Kurslarimizga ro'yxatdan o'tish uchun: @Gitaadmin
📞 tel: +998-99-988-40-31
Instagram | Facebook | You tube | Tik tok
Post #181
5.12K