GIS, xaritalar va fazoviy tahlil bilan ishlovchilar uchun foydali platformalardan biri — Central Asia and Caucasus GeoPortal.
Ushbu geoportal Esri tomonidan Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasi uchun ishga tushirilgan bo‘lib, foydalanuvchilarga GIS ma’lumotlari, xaritalar, tahlil vositalari va o‘quv resurslaridan foydalanish imkonini beradi.
GeoPortal orqali quyidagilarni amalga oshirish mumkin:
• tayyor geoma’lumotlar va xaritalarni topish
• web xaritalar yaratish
• ArcGIS Online imkoniyatlaridan foydalanish
• StoryMaps va Dashboards tayyorlash
• fazoviy tahlillar bajarish
• o‘quv materiallari va treninglardan foydalanish
• GIS loyihalarni ommaga ulashish
Platforma ayniqsa talabalar, o‘qituvchilar, GIS mutaxassislari, tadqiqotchilar, NNTlar va geoaxborot texnologiyalariga qiziquvchilar uchun foydali.
Central Asia and Caucasus GeoPortali yordamida ekologiya, suv resurslari, qishloq xo‘jaligi, shaharsozlik, transport, tabiiy xavflar, aholi va hududiy rivojlanish kabi mavzularda amaliy GIS loyihalar yaratish mumkin.
Hozirda ushbu GeoPortal doirasida User Stories Competition tanlovi ham davom etmoqda. Unda foydalanuvchilar StoryMaps yoki Dashboards yordamida tayyorlagan loyihalarini taqdim etishlari mumkin.
Bu platforma GIS bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish, portfolio yaratish va xalqaro geoaxborot hamjamiyatida faol bo‘lish uchun yaxshi imkoniyatdir.
GeoPortal: https://www.cacgeoportal.com/
Tanlov haqida: https://www.cacgeoportal.com/pages/userstories
Sayt | Telegram | Youtube | Kurslar | Fayllar
