Qiziq fenomen.Bugun Surayyoni event’iga guest sifatida taklif qilingandim.
Event oxirida, FLEX orqali Amerikada bir yil yashab kelgan bir qiz oldimga kelib:
“Mana, siz blogging haqida speech qildiz-u… lekin men uyalaman. Hate olishdan… Va boshqasidan.” — dedilar.
Boshida hayron qoldim. Keyin esa tushundim.
Bu shunchaki “bilim la’nati”.
Qancha ko‘p bilsangiz, shunchalik o‘zingizni kichkina ko‘ra boshlaysiz. O‘zingiz haqingizda baralla gapirgiz kelmaydi. Millionlar orzu qiladigan yutuqlaringiz ham ko‘zingizga oddiy, deyarli arzimas narsa bo‘lib ko‘rinadi.
Va natijada, eng ko‘p gapirishi kerak bo‘lgan odamlar jim yuradi.
Ziyoli, bilimli odamlar o‘zini ko‘rsatishdan uyalib yashirinib yurgan paytda esa, “norm-stryom”, “baklajkani mushchinalarga ochtiraman”, “red flag, green flag”, “mahrga gelik” va hokazo kontentlar internetni to‘ldiradi.
Chunki trash bloggerlar o‘zidan uyalmaydi. Ular bemalol gapiradi, bemalol kontent qiladi, bemalol o‘zini ko‘rsatadi. Shuning uchun kontent plankasi ham pastligicha qoladi.
To ilmli, qiziq fikrlaydigan, nimanidir biladigan insonlarimiz o‘zi haqida baralla gapirib, Instagramni normal kontent bilan to‘ldirmas ekan, bu bo‘shliqni boshqalar to‘ldiraveradi.
Xullas, doim blog yuritishga undashimni bilasiz) Hozir ham shu an’anani davom ettirmoqchiman.
Agar o‘zingizni tengdoshlaringizga u-bu narsani o‘rgata olaman deb o‘ylasangiz — iltimos, blog boshlang. Ha, bu ham hunar. Boshida blog ilmini, content strategiyani o’rganish kerak bo’ladi. But it is still not some rocket science. YouTube and claude have your back. I challenge you to start your blog. Be the light in the darkness.
@ibragimmansurov_blog