Joriy yilning 7–8-oktyabr kunlari Istanbul shahrida Mobidictum Conference 2026 bo‘lib o‘tadi.
Mobidictum Conference - o‘yin ishlab chiquvchilar, studiyalar, publisherlar, investorlar, texnologik kompaniyalar va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarni birlashtiradigan nufuzli xalqaro biznes maydoni.
Bu yilgi konferensiyada:
🌍 65 dan ortiq mamlakatdan vakillar;
👥 2 500 dan ziyod ishtirokchi;
🎮 yetakchi o‘yin studiyalari va ishlab chiquvchilar;
💼 investorlar va venchur fondlar;
🚀 xalqaro publisherlar hamda soha ekspertlari qatnashadi.
Ikki kun davomida konferensiya ishtirokchilariga professional sessiyalar, panel muhokamalari, B2B uchrashuvlar, networking tadbirlari va yangi hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari taqdim etiladi.
O‘zbekistonlik o‘yin ishlab chiquvchilar va studiyalar uchun bu tadbir:
🔹 o‘z loyihalarini xalqaro investor va publisherlarga taqdim etish;
🔹 publishing va investitsiya bo‘yicha hamkorlar topish;
🔹 game development va kreativ xizmatlar eksportini yo‘lga qo‘yish;
🔹 xorijiy studiyalar bilan outsourcing loyihalarini muhokama qilish;
🔹 Yevropa, Turkiya, MENA va Osiyo bozorlaridagi yangi aloqalarni shakllantirish;
🔹 global o‘yin industriyasidagi tendensiyalar va muvaffaqiyatli biznes modellarini o‘rganish uchun muhim imkoniyatdir.
🤝 Mobidictum va Uzbekistan Creative Association hamkorligi doirasida UZCA a’zolari konferensiya biletlarini 25% chegirma bilan xarid qilishlari mumkin.
🎟 Bilet xarid qilish:
https://fienta.com/mobidictum-conference-2026
🏷 Maxsus promokod: UZCA25
Bilet xarid qilish jarayonida promokodni kiriting va 25% chegirmaga ega bo‘ling.
Agar siz game developer, studio vakili, investor, publisher yoki o‘yin industriyasida xalqaro hamkorliklarni rivojlantirishga qiziqsangiz, ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.
Mobidictum Conference 2026’da Istanbulda uchrashamiz!
