INSTALLYATSIYALAR KO‘RGAZMASIDA ISHTIROK ETISH UCHUN
ARIZALAR QABULI OCHIQ
O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi rassomlarni 2027-yil may oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan installyatsiyalar ko‘rgazmasida ishtirok etishga taklif qiladi.
Loyiha muayyan mavzu bilan cheklanmaydi. Uning maqsadi — installyatsiyani makonni o‘zgartira oladigan, bugungi kunning muhim masalalariga murojaat qiladigan hamda san’at asari va tomoshabin o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning yangi shakllarini yarata oladigan zamonaviy san’atning dolzarb turi sifatida namoyish etishdir.
Ko‘rgazma maydonimiz imkoniyatlari hisobga olingan holda, ishtirok etish uchun maxsus yaratilgan yangi asarlar bilan bir qatorda, avval turli badiiy va ko‘rgazma loyihalarida namoyish etilgan installyatsiyalar ham qabul qilinadi. Badiiy g‘oyasining ta’sirchanligi, fikrning dolzarbligi va makon yechimining o‘ziga xosligi bilan ajralib turadigan asarlar qo‘llab-quvvatlanadi.
Installyatsiyalar turli texnika va materiallarda bajarilishi, shuningdek, obyektlar, video, ovoz, yorug‘lik, fotografiya, matn, raqamli texnologiyalar va boshqa badiiy vositalarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Ishtirok etish uchun quyidagilarni taqdim etish lozim:
• muallif haqida qisqacha ma’lumot;
• asarning konsepsiyasi va tavsifi;
• loyiha fotosuratlari, eskizlari yoki vizualizatsiyasi;
• texnik xususiyatlari va joylashtirishga qo‘yiladigan talablar;
• installyatsiyaning o‘lchamlari;
• asar avval namoyish etilgan yoki etilmaganligi haqidagi ma’lumot.
Rassomlarni makon, material va badiiy til bilan erkin tajriba o‘tkazishga chorlaymiz. Biz yagona ko‘rgazma loyihasida turli mualliflik qarashlarini birlashtirish hamda zamonaviy installyatsiyaning serqirraligini namoyish etishga intilamiz.
📅 Arizalarni topshirishning so‘nggi muddati — 2026-yil 15-dekabr.
📞 Ma’lumot uchun telefon: 71 209 80 15
━━━━━━━━━━━━━━
ОТКРЫТЫЙ ПРИЕМ ЗАЯВОК
НА ВЫСТАВКУ ИНСТАЛЛЯЦИЙ
Галерея изобразительного искусства Узбекистана приглашает художников принять участие в выставке инсталляций, запланированной на май 2027 год.
Проект не ограничен определенной темой. Его цель — представить инсталляцию как актуальную форму современного искусства, способную преобразовывать пространство, обращаться к важным вопросам сегодняшнего дня и создавать новые способы взаимодействия между произведением и зрителем.
К участию принимаются работы с учетом возможностей нашего выставочного пространства, как новые, специально созданные, так и ранее реализованные инсталляции из различных художественных и выставочных проектов. Приветствуются произведения, отличающиеся выразительностью художественного замысла, актуальностью высказывания и оригинальностью пространственного решения.
Инсталляции могут быть выполнены в различных техниках и материалах, включать объекты, видео, звук, свет, фотографию, текст, цифровые технологии и другие художественные средства.
Для участия необходимо представить:
• краткую информацию об авторе;
• концепцию и описание работы;
• фотографии, эскизы или визуализацию проекта;
• технические характеристики и требования к размещению;
• размеры инсталляции;
• информацию о том, была ли работа представлена ранее.
Приглашаем художников к свободному эксперименту с пространством, материалом и художественным языком. Мы стремимся объединить в одном выставочном проекте разные авторские взгляды и показать многогранность современной инсталляции.
📅 Дедлайн подачи заявки 15 декабря 2026 года
📞 Телефон для справок: 71 2098015
Post #2469
570
- ❤ 5
- ⚡ 1
- 👍 1