📚 “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida mushoira kechasi tashkil etildi
▶️ Joriy yilning 9-oktabr kuni Farg‘ona davlat universiteti Filologiya fakultetida 1–2-bosqich Ona tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalari ishtirokida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida taniqli shoira Zulfiya Mo‘minova ijodiga bag‘ishlangan “She’riyat — qalb tarjimoni!” nomli mushoira kechasi tashkil etildi.
🎤 Tadbirni Tilshunoslik kafedrasi professori Ibragimova Extiyotxon Ismoilovna kirish so‘zi bilan ochib berib, she’riyatning inson ma’naviy olamidagi o‘rni, badiiy adabiyotning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati hamda shoira Zulfiya Mo‘minovaning ijodiy merosi haqida fikr bildirdi.
🌷 Mushoira kechasi davomida shoira ijodiga alohida e’tibor qaratilib, she’riyatning inson qalbiga ta’siri, undagi ezgulik, mehr-muhabbat va insoniy tuyg‘ularning badiiy ifodasi xususida so‘z yuritildi.
✅FarDU rasmiy sahifalari
👍Telegram | 📷Instagram |📹YouTube | 📒Facebook |🐦Twitter | 🔷Website



