TGViewer
Farg‘ona davlat universiteti Farg‘ona davlat universiteti @fsu_uz · 10.6K subscribers
Post #25773 331
#Ma'rifat_ulashib

Farg'ona davlat universitetining Ma'rifat ulashib loyihasidagi mehmoni Faxriddin Hayit

Faxriddin Hayit – 1980 yil 21 iyunda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida (1999-2003), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va Jamiyat qurilishi akademiyasida (2011 yil) tahsil olgan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. “Ilinj”  (2003), “Har yurakda bir Vatan” (2009), “Shokoladli tush” bolalar uchun she’rlar (2015) “Ishqim senga havola” (2019),  “Tong tushlari” (2021), “Osmon Yerga yaqin” publisistik asarlari (2024), “Cho‘g‘”  (2025) kitoblari nashr qilingan.
Bolalarga atalgan she’rlari va maqolalari maktab darsliklaridan joy olgan. She’rlari ozar, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman, qoraqalpoq, turk, rus va ingliz tillariga tarjima qilingan.
Faxriddin Hayit tarjimon sifatida turkiy xalqlar she’riyatidan ko‘plab namunalarni o‘zbek tiliga o‘girgan. Jumladan, Qirg‘iziston xalq shoiri Jolon Mamitov, Qozog‘iston xalq shoiri Muqag‘ali Maqatayev hamda ko‘plab turkiy dunyo zamonaviy she’riyati vakillarining she’rlarini mahorat bilan o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
“Sog‘lom avlod” gazetasi (2009-2018 y.y.), “Yoshlik” jurnali (2018-2021 y.y.) bosh muharriri lavozimida ishlagan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida (2021-2023 y.y.) faoliyat olib borgan.
Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri maslahatchisi lavozimida faoliyat olib bormoqda. 1-darajali xizmatchi.
“Shuhrat” medali (2026 y.) bilan taqdirlangan.
“Oltin qalam” Milliy mukofoti sohibi (2014 y.). “Eng ulug‘, eng aziz” Respublika tanlovi g‘olibi (2024 y.).
“Xalq ta’limi a’lochisi”, “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni sohibi.



✅FarDU rasmiy sahifalari

👍Telegram | 📷Instagram |📹YouTube | 📒Facebook |🐦Twitter | 🔷Website
More from @fsu_uz
  1. Oct 9, 2026#byurokratiyasiz2030 Byurokratik toʻsiqlarga duch keldingizmi? Muammo haqida xabar bering!…
  2. Oct 9, 2026🕊 QATAG‘ON QURBONLARI — YURT FIDOYILARI 🔖 Bugun tariximizning eng og‘riqli sahifalaridan…
  3. Oct 9, 2026Post #25791
  4. Oct 9, 2026Давлатимиз раҳбари МДҲ саммитининг тор доирадаги йиғилишида сўзга чиқди. Телеграм каналлар…
  5. Oct 9, 2026🤚FarDUda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sport musobaqalari o‘tkazilmoqda 🏛 Farg‘…
  6. Oct 9, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisid…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →