Prezident: Mintaqa iqtisodiyoti qanday boʻlishi yoshlarning taʼlimi va kasbiy tayyorgarligi sifatiga bogʻliq
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etdi.
Anjumanda odamlar mintaqaning kelajagini belgilovchi eng muhim omil ekani taʼkidlandi.
– Mamlakatlarimiz katta demografik salohiyatga ega. Aholi soni oʻsmoqda, yoshlar koʻpaymoqda. Oʻn, yigirma, oʻttiz yildan keyin mintaqa iqtisodiyoti qanday boʻlishi koʻp jihatdan ularning taʼlimi va kasbiy tayyorgarligi sifatiga bogʻliq, – dedi davlatimiz rahbari.
Kelgusida mintaqa mamlakatlari iqtisodiyotiga qanday mutaxassislar kerak boʻlishini tahlil qilish asosida talab yuqori boʻlgan kasblar va kompetensiyalarning mintaqaviy atlasini ishlab chiqish taklif etildi. Unda bugunning oʻzida mutaxassislar yetishmayotgan va yaqin yillarda talab ortishi kutilayotgan yoʻnalishlar boʻyicha prognozlarni jamlash nazarda tutilmoqda.
Shu asosda universitetlar va professional taʼlim muassasalari iqtisodiyotning haqiqiy ehtiyojlarini oldindan hisobga olib, sanoat, transport, energetika, raqamli texnologiyalar va boshqa tarmoqlardagi yirik loyihalar uchun kadrlar tayyorlay oladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram









